Said Ismoil Badruddin (II) bin Said Shayx Odam (1150-yil Muharram oyining 7-sanasi/milodiy 1738-yilda Hindistonning Jamnagar shahrida vafot etgan) Dovudiy Bohraning 38-Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat olib borgan. U 37-daʼi Said Nurmuhammad Nuruddin oʻrniga bu diniy lavozimni egallagan.

Said

Ismoil Badruddin

اِسمعِيل بَدرُالدّين
Unvoni
  • Said
  • Mavlono
  • al-Dāʼī al-Mutlaq
  • al-Dāʼī al-Ajal al-Fotimiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1686-yil
Vafoti 1738-yil
Jamnagar, Hindiston
Dini Islam
Turmush oʻrtoq(lar)i
  • Jivana BaiSohiba
  • Fotima AaiSohiba
Farzandlari
Ota-onasi
  • Said Shayx Odam Safiyuddin (otasi)
Diniy oqimi Ismoiliy
Dovudi Bohra
Yurisprudensiya

Said Badruddin hijriy 1130/ milodiy 1719-yilda Daʼi al-Mutlaq boʻlgan[1]. Uning daʼvat davri hijriy 1130-1150/ milodiy 1719-1738-yillar oraligʻida taxminan 19 yilu 6 oy davom etgan.

Oilasi

tahrir

U 1686-yili Udaypur shahrida Said Abdutoyyib Zakiyuddin II davrida tugʻilgan. Uning otasi Said Shayx Odam Safiyuddin, Said Muso Kalimuddinning ukasi olim va yozuvchi edi. Said Badruddin yoshligida ota-onasidan ayrilgan. U Said Muso Kalimuddinning qizi Jivana BaiSohibaga uylanadi va bir qiz farzand koʻradi. Fotima AaiSohiba bilan boʻlgan ikkinchi nikohidan ikkita oʻgʻli boʻlgan. Bular: Said AbduMuso Kalimuddin va Said Abduttoyyib Zakiyuddin III.

Manbalar

tahrir
  1. „Archived copy“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.

Havolalar

tahrir
Shialik unvonlari
Ismoil Badruddin II
Tavalludi: 1686-yil Vafoti: 1738-yil
Oʻtmishdoshi:
Nurmuhammad Nuruddin
38-Dāʼī al-Mutlaq
hijriy 1130–1150/milodiy 1719–1738
Vorisi:
Ibrohim Vajiyuddin