Italiya Vazirlar Kengashi raisi

(Italiya Bosh vaziridan yoʻnaltirildi)

Italiya Vazirlar Kengashi raisi (italyancha: Presidente del Consiglio dei Ministri) — Italiya Respublikasi hukumati rahbari.

Italiya Vazirlar Kengashi raisi
Presidente del Consiglio dei Ministri della Repubblica Italiana
Mamlakat:  Italiya
Italiya Vazirlar Kengashi raisi
Taʼsis etilgan sanasi: 17-mart 1861-yil
Amaldagi shaxs: Giorgia Meloni
Tayinlanadi: 22-oktabr 2022-yil
Qarorgohi: Italiya
Vakolat muddati: muddatsiz
Sayt: governo.it/en/
Rimdagi Palazzo Chigi — Italiya Vazirlar Kengashi raisining qarorgohi

Bu lavozimga rasmiy ravishda mamlakat prezidenti tomonidan tayinlanadi. Lekin aslida Vazirlar Kengashi raisi parlamentning vakili hisoblanadi.

Vazirlar Kengashining raisi hukumat faoliyatiga rahbarlik qiluvchi shaxs hisoblanadi. U amalda mamlakat rahbari va davlat va hukumat rahbarlarining yigʻilishlarida vakilik qiladi. Shuningdek, u Vazirlar Kengashi raisi hukumat aʼzolari roʻyxatini Prezidentga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Vazirlar Kengashining raisi prezident tomonidan imzolangan barcha qonunlarga oʻz imzosini qoʻyadi.

Italiyada Vazirlar Kengashi raisi lavozimining zaifligi shundaki, u oʻz holicha vazirlarni lavozimidan ozod qila olmaydi. Bu maʼlum darajada hukumat rahbarlarining tez-tez almashinuviga olib keladi. 1945-yildan 1953-yilgacha Vazirlar Kengashining raisi lavozimni egallagan Alcide de Gasperi rasman sakkiz marta hukumatni boshqargan. 2014-yil 22-fevralda Matteo Renzi mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi[1]. Shunday qilib, u Italiya tarixidagi eng yosh Vazirlar Kengashi raisi boʻldi[2]. Italiya Respublikasi tashkil etilishidan oldin, bu lavozim Italiya Qirolligi Vazirlar Kengashining Prezidenti (Presidente del Consiglio dei ministri del Regno d’Italia) deb atalgan[3]. 1925-yildan 1943-yilgacha fashistik tuzum davrida bu lavozim fashizm gersogi Benito Mussolini tomonidan boshqarilgan. 1943-yilda qirol Viktor Emmanuel III Mussolinini lavozimidan chetlatdi. 1943-yilda marshal Pietro Badoglio bosh vazir boʻlishi bilan bu lavozim qayta tiklandi[4]. Alcide De Gasperi 1946-yilda Italiya Respublikasining birinchi bosh vaziri boʻldi. Bosh vazir Vazirlar Kengashining prezidenti boʻlib, ijro hokimiyatini oʻz zimmasiga olgan. Amalda bosh vazir mamlakatning siyosiy yetakchisi va ijroiya rahbari hisoblanadi. Giorgia Meloni 2022-yil 22-oktyabrdan beri amaldagi bosh vazir edi.

Tarixi

tahrir

Birinchi bosh vazir 1861-yil 23-martda ushbu lavozimga tayinlangan. U Kamillo Benso di Kavur edi. Biroq Kamillo Benso di Kavur oʻsha yilning 6-iyunida vafot etdi. 1861-yildan 1911-yilgacha oʻnglar va soʻllar mamlakatni muqobil ravishda boshqarganlar. Bu davrning eng mashhur va obroʻli bosh vazirlaridan biri soʻl vatanparvari va davlat arbobi Franchesko Krispi edi. Shuningdek, u Janubiy Italiya hukumatining birinchi rahbari hisoblangan. Franchesko Krispi 1887-yildan 1891-yilgacha, shuningdek, 1893-yildan 1896-yilgacha olti yil davomida mamlakatni boshqargan. Krispining shuhrati shu qadar ortiki natijada, xalqaro miqyosda boʻlgan Otto fon Bismark, Uilyam Evart Gladston va Solsberi kabi dunyoning mashxur arboblari bilan birga tez-tez tilga olinadigan boʻlgan.

Vakolatlari

tahrir

Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga xos boʻlgan vakolatlarga qoʻshimcha ravishda, Italiya Vazirlar Kengashi raisi quyidagi vakolatlarga ega:

  • Respublika Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Vazirlar Mahkamasi vazirlarini roʻyxatini taqdim qilish;
  • vakolati doirasiga kiradigan barcha qonun hujjatlarini imzolash.

Italiya Konstitutsiyasining 95-moddasiga koʻra bosh vazir „vazirlar faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtirishi“ belgilangan. Bu norma Italiya davlati tarixida juda oʻzgaruvchan boʻlib, unga alohida vazirlarning siyosiy kuchi va partiyalar kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Bosh vazirning faoliyati koʻpincha Vazirlar Kengashi faoliyatiga rahbarlik qilishdan koʻra, koʻpchilik koalitsiyadagi turli partiyalar oʻrtasida vositachilik qilishdan iborat boʻlgan. Bosh vazirning vakolati doirasi vazirlarni ishdan boʻshatish borasida ancha cheklangan.

Italiya bosh vazirlari

tahrir

Italiya Qirolligi bosh vazirlari (1861-1946)

tahrir

Italiya Qirolligi 1861-yilda Risorgimento davrida tashkil topgan. Qirollik mustaqil Italiya davlatlarini Sardiniya Qirolligi ostida yagona davlatga birlashtirgan. Italiyaning hukmron sulolasi ilgari Sardiniya qirolligini boshqargan Savoy sulolasi hisoblangan.

 
Italiya Qirolligi gerbi (1870-yil)
N F. I. Sh Rasm Ish boshlashi Ishdan ketishi Partiya Koalitsiya Havolalar
VIII chaqiriq parlamenti
1 Kamillo Benso Kavur

(1810—1861)
  23-mart 1861-yil 6-iyun 1861-yil „Pravaya“ [5]
2 Bettino Rikasoli

(1809—1880)
  6-iyun 1861-yil 3-mart 1862-yil
3 Urbano Rattatssi

(1808—1873)
  3-mart 1862-yil 8-dekabr 1862-yil „Levaya“ [6][7]
4 Luidji Karlo Farini

(1812—1866)
  8-dekabr 1862-yil 24-mart 1863-yil „Pravaya“ [8]
IX chaqiriq parlamenti
5 Marko Mingetti

(1818—1886)
  24-mart 1863-yil 28-sentabr 1864-yil „Pravaya“ [9][10]
6 Alfonso Ferrero Lamarmora

(1804—1878)
  28-sentabr 1864-yil 31-dekabr 1865-yil „Pravaya“ [11]
31-dekabr 1865-yil 20-iyun 1866-yil
2 Bettino Rikasoli

(1809—1880)
  20-iyun 1866-yil 10-aprel 1867-yil „Pravaya“
3 Urbano Rattatssi

(1808—1873)
  10-aprel 1867-yil 27-aprel 1867-yil „Levaya“ [6][7]
7 Luidji Federiko Menabrea

(1809—1896)
  27-oktabr 1867-yil 5-yanvar 1868-yil „Pravaya“ [12]
5-yanvar 1868-yil 13-may 1869-yil
13-may 1869-yil 14-dekabr 1869-yil
X-XI chaqiriq parlamenti
8 Djovanni Lansa

(1810—1882)
  14-dekabr 1869-yil 10-iyul 1873-yil „Pravaya“ [13]
XI-XII chaqiriq parlamenti
5 Marko Mingetti

(1818—1886)
  10-iyul 1873-yil 25-mart 1876-yil „Pravaya“ [9][10]
XII-XIII chaqiriq parlamenti
9 Agostino Depretis

(1813—1887)
  25-mart 1876-yil 25-dekabr 1877-yil „Levaya“ [14][15]
26-dekabr 1877-yil 24-mart 1878-yil
10 Benedetto Kayroli

(1825—1889)
  24-mart 1878-yil 19-dekabr 1878-yil [16][17]
9 Agostino Depretis

(1813—1887)
  19-dekabr 1878-yil 14-iyul 1879-yil [14][15]
10 Benedetto Kayroli

(1825—1889)
  14-iyul 1879-yil 25-noyabr 1879-yil [16][17]
25-noyabr 1879-yil 29-may 1881-yil
XIV-XV chaqiriq parlamenti
9 Agostino Depretis

(1813—1887)
  29-may 1881-yil 25-may 1883-yil „Levaya“ [14][15]
25-may 1883-yil 30-mart 1884-yil
30-mart 1884-yil 29-iyun 1885-yil
29-iyun 1885-yil 30-may 1886-yil
30-may 1886-yil 4-aprel 1887-yil
4-aprel 1887-yil 29-iyul 1887-yil
XVI chaqriq parlamenti
11 Franchesko Krispi

(1819—1901)
  29-iyul 1887-yil 9-mart 1889-yil „Levaya“ [18][19]
9-mart 1889-yil 6-fevral 1891-yil
XVII chaqiriq parlamenti
12 Antonio Starabba

(1839—1908)
  6-fevral 1891-yil 15-may 1892-yil „Pravaya“ [20]
XVII-XVIII chaqiriq parlamenti
13 Djovanni Djolitti

(1842—1928)
  15-mart 1892-yil 15-dekabr 1893-yil „Pravaya“ [21][22]
XIX chaqiriq parlament
11 Franchesko Krispi

(1819—1901)
  15-dekabr 1893-yil 10-mart 1896-yil „Levaya“ [18][19]
12 Antonio Starabba

(1839—1908)
  10-mart 1896-yil 11-iyul 1896-yil „Pravaya“ [20]
11-iyul 1896-yil 14-dekabr 1897-yil
14-dekabr 1897-yil 1-iyun 1898-yil
1-iyun 1898-yil 29-iyun 1898-yil
XX chaqiriq parlamenti
14 Luidji Pellu

(1839—1924)
  29-iyun 1898-yil 14-may 1899-yil „Pravaya“ [23]
14-may 1899-yil 24-iyun 1900-yil
XXI chaqiriq parlamenti
15 Djuzeppe Sarakko

(1821—1907)
  24-iyun 1900-yil 15-fevral 1901-yil „Levaya“ [24][25]
16 Djuzeppe Dzanardelli

(1826—1903)
  15-fevral 1901-yil 3-noyabr 1903-yil [26][27]
XXII chaqiriq parlamenti
13 Djovanni Djolitti

(1842—1928)
  3-noyabr 1903-yil 12-mart 1905-yil „Levaya“ [21][22]
17 Tommazo Tittoni

(1855—1931)
  12-mart 1905-yil 28-mart 1905-yil „Pravaya“ [28]
18 Alessandro Fortis

(1842—1909)
  28-mart 1905-yil 24-dekabr 1905-yil „Levaya“ [29]
24-dekabr 1905-yil 8-fevral 1906-yil
19 Sidney Sonnino

(1847—1922)
  8-fevral 1906-yil 29-may 1906-yil „Pravaya“ [30][31]
XXIII chaqiriq parlamenti
13 Djovanni Djolitti

(1842—1928)
  29-may 1906-yil 11-dekabr 1909-yil „Levaya“ [21][22]
19 Sidney Sonnino

(1847—1922)
  11-dekabr 1909-yil 31-mart 1910-yil „Pravaya“ [30][31]
20 Luidji Lussatti

(1841—1927)
  31-mart 1910-yil 30-mart 1911-yil [32][33]
XXIII-XXIV chaqiriq parlamenti
13 Djovanni Djolitti

(1842—1928)
  30-mart 1911-yil 21-mart 1914-yil „Levaya“ [21][22]
21 Antonio Salandra

(1853—1931)
  21-mart 1914-yil 5-noyabr 1914-yil „Pravaya“ [34][35]
5-noyabr 1914-yil 18-iyun 1916-yil
22 Paolo Boselli

(1838—1932)
  18-iyun 1916-yil 29-oktabr 1917-yil [36]
23 Vittorio Emanuele Orlando

(1860—1952)
  23-oktabr 1917-yil 23-iyun 1919-yil „Levaya“ [37][38]
XXV chaqiriq parlamenti
24 Franchesko Saverio Nitti

(1868—1953)
  23-iyun 1919-yil 21-may 1920-yil Radikal partiya [39][40]
21-may 1920-yil 15-iyun 1920-yil
13 Djovanni Djolitti

(1842—1928)
  15-iyun 1920-yil 4-iyul 1921-yil „Levaya“ [21][22]
XXVI chaqiriq parlamenti
25 Ivanoe Bonomi

(1873—1951)
  4-iyun 1921-yil 26-fevral 1922-yil Italiya sotsialistik islohotlar partiyasi [41][42]
26 Luidji Fakta

(1861—1930)
  26-fevral 1922-yil 1-avgust 1922-yil Italiya Liberal partiyasi [43]
1-avgust 1922-yil 31-oktabr 1922-yil
XXVI, XXVII, XXVIII, XXIX va XXX chaqiriq parlamenti
27 Benito Mussolini

(1883—1945)
  31-oktabr 1922-yil 25-iyul 1943-yil Milliy fashistik partiya [44][45]
28 Petro Badolo

(1871—1956)
  25-iyul 1943-yil 17-aprel 1944-yil [46][47]
22-aprel 1944-yil 8-iyun 1944-yil
Regentstvo (1944)
25 Ivanoe Bonomi

(1873—1951)
  18-iyun 1944-yil 10-dekabr 1944-yil Demokratik Mehnat partiyasi [41][42]
12-dekabr 1944-yil 19-iyun 1945-yil
29 Ferruchcho Parri

(1890—1981)
  21-iyun 1945-yil 8-dekabr 1945-yil Harakat partiyasi [48][49]
30 Alchide de Gasperi

(1881—1954)
  10-dekabr 1945-yil 10-iyul 1946-yil Xristian Demokratiyasi [50]

Italiya bosh vazirlari (1946-yil va hozir)

tahrir

1946-yilgi referendumdan soʻng, Italiya monarxiyadan respublika tuzumiga oʻtdi.

 
Italiya gerbi

Yana qarang

tahrir
  • Italiya bosh vazirlari roʻyxati

Manbalar

tahrir
  1. „Президент Италии назначил на должность премьер-министра Маттео Ренци | RIA Novosti“. 2014-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-fevral.
  2. „Юный премьер-министр Италии — МГИМО-Университет“. 2014-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-fevral.
  3. „The President of the Council of Ministers“. Governo Italiano – Presidenza del Consiglio dei Ministri (2019-yil 28-may).
  4. „Attribuzioni e prerogative del capo del governo, primo ministro segretario di Stato (L.24 dicembre 1925, n. 2263 – N. 2531, in Gazz.uff., 29 dicembre, n. 301).“. ospitiweb.indire.it. 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Camillo Benso di Cavour“ (en). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  6. 6,0 6,1 „Urbano Rattazzi“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  7. 7,0 7,1 „РАТТАЦЦИ Урбано“ (ru). Личности.ру. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  8. „Luigi Carlo Farini“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  9. 9,0 9,1 „Marco Minghetti“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  10. 10,0 10,1 „Marco Minghetti“ (en). Columbia Encyclopedia. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  11. „Alfonso Ferrero La Marmora“ (en). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  12. J. J. O'Connor, E. F. Robertson. „Luigi Federico Menabrea“ (en). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  13. „Giovanni Lanza“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  14. 14,0 14,1 14,2 „Agostino Depretis“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  15. 15,0 15,1 15,2 „Agostino Depretis“ (it). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  16. 16,0 16,1 „Benedetto Cairoli“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  17. 17,0 17,1 „Benedetto Cairoli“ (it). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  18. 18,0 18,1 „Francesco Crispi“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  19. 19,0 19,1 Vincenzo Salerno. „Francesco Crispi“ (en). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  20. 20,0 20,1 „Antonio Starabba, marquis di Rudinì“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 „Giovanni Giolitti“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 22,4 „Giovanni Giolitti“ (it). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  23. „Luigi Pelloux“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  24. „Джузеппе Саракко“ (ru). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  25. „Giuseppe Saracco“ (it). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  26. „Giuseppe Zanardelli“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  27. „Giuseppe Zanardelli“ (it). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  28. „Tommaso Tittoni“ (en). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  29. „Alessandro Fortis“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  30. 30,0 30,1 „Sidney, Baron Sonnino“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  31. 31,0 31,1 [bse.sci-lib.com/article104538.html „Соннино Джордже Сидней“] (ru). БСЭ. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  32. Isidore Singer, Sigmund Münz. „LUZZATTI, LUIGI“ (en). Jewish Encyclopedia. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  33. „Luigi Luzzatti“. The Columbia Encyclopedia, Sixth Edition (2008). 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  34. „Antonio Salandra“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  35. [bse.sci-lib.com/article098997.html „Саландра Антонио“] (ru). БСЭ. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  36. „Paolo Boselli“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  37. „Vittorio Emanuele Orlando“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  38. [bse.sci-lib.com/article085012.html „Орландо Витторио Эмануэле“] (ru). БСЭ. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  39. „Francesco Saverio Nitti“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  40. [bse.sci-lib.com/article081984.html „Нитти Франческо Саверио“] (ru). БСЭ. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  41. 41,0 41,1 „Ivanoe Bonomi“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  42. 42,0 42,1 [bse.sci-lib.com/article128819.html „Бономи Иваноэ“] (en). БСЭ. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  43. „FACTA Luigi“ (it). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  44. „Benito Mussolini“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  45. Игорь Бестужев. „Бенито Муссолини и его государство“ (ru). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  46. „Pietro Badoglio“ (en). britannica.com. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  47. [bse.sci-lib.com/article088176.html „Бадольо Пьетро“] (ru). БСЭ. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  48. [bse.sci-lib.com/article087141.html „Парри Ферруччо“] (ru). БСЭ. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  49. „FERRUCCIO PARRI“ (it). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
  50. „Alcide De Gasperi and his age“ (en). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.

Havolalar

tahrir