Ivan Semyonovich Arjanix
Ivan Semyonovich Arjanix (1914.24.2, Kiyev — 1980.20.3, Toshkent) — matematik va mexanik olim. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1960), professor (1957). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Oʻrta Osiyo universitetida oʻqigan (1931 — 34), Leningrad universitetini bitirgan (1936). Toshkent Davlat Universitetida, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Matematika institutida (1943 — 60), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Prezidiumida (1960-yildan) ishlagan. Ilmiy ishlari differensial va institutegral tenglamalar, variatsion hisob, maydonlar nazariyasi, analitik mexani-ka, kvant mexanika, elastiklik nazariyasi va boshqa sohalarga doir. Ayniqsa, uning rangi noddan katta boʻlgan kanonik tenglamalar sohasidagi kashfiyoti alohida diqqatga sazovor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |