Jadidlar“ — jadidlar haqidagi sakkiz jildli kitoblar toʻplami. Sakkiz nafar jadidlar hayoti va ijodiga bagʻishlangan risolalarni turli muallif yozgan: Olim Usmonov Gʻulom Zafariy, Dilmurod Quronov Abdulhamid Choʻlpon, Ulugʻbek Dolimov Isʼhoqxon Toʻra Ibrat, Hamidulla Boltaboyev Abdurauf Fitrat, Bahodir Karimov Abdulla Qodiriy, Oltinbek Olim Abdulla Avloniy, Sotimjon Xolboyev Munavvarqori qori Abdurashidxonov, Zaynobidin Abdirashidov Mahmudxoʻja Behbudiy haqidagi jildni yozgan.

Jadidlar
Muallif(lar) Olim Usmonov (J)
Dilmurod Quronov (A)
Ulugʻbek Dolimov (D)
Hamidulla Boltaboyev (I)
Bahodir Karimov (D)
Oltinbek Olim (L)
Sotimjon Xolboyev (A)
Zaynobidin Abdirashidov (R)
Muharrir(lar) Bahodir Karimov
Bezovchi(lar) Muhammadxon Yusupov
Til oʻzbekcha
Nashriyot Yoshlar nashriyot uyi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2022-yili
Sahifalar soni 156 (J)
160 (A)
180 (D)
144 (I)
160 (D)
156 (L)
152 (A)
156 (R)
ISBN 978-9943-6682-6-3 (J)
978-9943-6682-4-9 (A)
978-9943-6682-3-3 (D)
978-9943-6682-5-6 (I)
978-9943-6682-7-0 (D)
978-9943-6682-1-8 (L)
978-9943-6682-8-7 (A)
978-9943-6682-2-5 (R)

Toʻplam 2022-yilda Yoshlar nashriyot uyida yumshoq muqovada, lotin yozuvida choʻntak kitobi sifatida nashr qilingan. Loyihaga Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev rahbarlik qilgan. „Jadidlar“ toʻplami qiziqqan shaxslar va tashkilotlarga bepul tarqatildi[1].

Toʻplam eʼlon qilinishi bilanoq ommalashdi[2]. Xususan, jadidlarga eʼtibor, risolalarning oʻziga xos dizayni hamda toʻplam dastlab bepul tarqatilgani ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama qilindi.

Toʻplamni nashrga tayyorlash uchun 1 416 800 000 soʻm mablagʻ sarflangan[3]. Har bir muallifga 10 million soʻmdan gonorar puli ajratilgan[4].

Jildlari tahrir

Har bir jild „Adib hayoti“, „Faoliyati va ijodi“, „Hikmatlari soʻzlari“, „Eʼtirof“ hamda „Foydalanilgan adabiyotlar“ boʻlimlariga boʻlingan.

Jild Mavzu Muallif ISBN Sahifalar
1. „J“ Gʻulom Zafariy Olim Usmonov 978-9943-6682-6-3 156
2. „A“ Abdulhamid Choʻlpon Dilmurod Quronov 978-9943-6682-4-9 160
3. „D“ Isʼhoqxon Toʻra Ibrat Ulugʻbek Dolimov 978-9943-6682-3-3 180
4. „I“ Abdurauf Fitrat Hamidulla Boltaboyev 978-9943-6682-5-6 144
5. „D“ Abdulla Qodiriy Bahodir Karimov 978-9943-6682-7-0 160
6. „L“ Abdulla Avloniy Oltinbek Olim 978-9943-6682-1-8 156
7. „A“ Munavvarqori qori Abdurashidxonov Sotimjon Xolboyev 978-9943-6682-8-7 152
8. „R“ Mahmudxoʻja Behbudiy Zaynobiddin Abdirashidov 978-9943-6682-2-5 156

Jamoa tahrir

„Jadidlar“ risolalar toʻplami Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev rahbarligi ostida hozirlangan. Ijodiy guruh aʼzolari Qandil Boboqulov va Mehrinoz Abbosovadan iborat boʻlgan. Shuningdek, asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Bahodir Karimov — masʼul muharrir, Saidmurod Xolbekov — muharrir, Muhammadxon Yusupov — badiiy muharrir, Dilmurod Jalilov — texnik muharrir, Axtam Roʻzimurotov — sahifalovchi, Nigora Gaʼniyeva — musahhih. Kitob adadi — 23 000 nusxa.[5]

Manbalar tahrir

  1. „“Jadidlar” kitoblar to‘plamini nashr etish uchun budjetdan qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi“. Daryo (26-iyul 2022-iyul). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  2. „Ijtimoiy tarmoqda "qo`lma-qo`l" bo`layotgan “Jadidlar” kitoblar to`plamini nashr etish xarajati qanchaga tushgani ma`lum qilindi“. Darakchi (iyul 26). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  3. „"Jadidlar" kitoblar toʻplamini nashr etishga qariyb 1,5 mlrd so'm sarflandi - Alisher Sa'dullayev“. Uzreport (26-iyul 2022-iyul). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  4. „“Jadidlar” kitoblar toʻplamini nashr etish xarajati qanchaga tushgan?“. Tahlil (25-iyul 2022-iyul). 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  5. Madiyeva, Risolat „“Jadidlar” rukni ostida kitoblar to‘plami nashr etildi“. Yangi Oʻzbekiston (18-iyul 2022-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.


Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.