Jakeriya

Fransiyada 1358-yil mulkdorlarga qarshi koʻtarilgan dehqonlar qoʻzgʻoloni

Jakeriya (Jacquerie, "Jacques Bonhomme" soʻzidan — "Jak Goʻl" — dvoryanlar tomonidan dehqonlarga berilgan kamsituvchi laqab) — Fransiyada 1358-yil mulkdorlarga qarshi koʻtarilgan dehqonlar qoʻzgʻoloni. J. Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida vujudga kelgan iqtisodiy tanglik, yollangan askarlarning talon-toroji va yangi soliqlar solinishi tufayli kelib chiqqan. Qoʻzgʻolon 28 mayda Bovezi viloyatidan boshlandi. J. ishtirokchilari, asosan, dehqonlardan iborat boʻlib, aholining boshqa tabaqalari ham qatnashgan. Qoʻzgʻolonchilarga Gilom Kal boshchilik qilgan. Navarra qiroli Karl 10 iyunda J. rahbarlarini muzokaraga chaqiradi. Muzokara paytida G. Kal xiyonatkorona qoʻlga olinib, qattiq qiynoqlardan soʻng boshi tanasidan judo qilinadi. Karl qoʻshinlari toʻsatdan qoʻzgʻolonchi dehqonlarga hujum qilib ularni tor-mor keltiradi. 20 mingdan ziyod dehqonlar qirib tashlangan. Rahbarsiz, uyushmagan va aniq rejasi boʻlmagan J. yengiladi. U dehqonlarni shaxsiy qaramlikdan ozod boʻlishlariga imkon yaratgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Fransiya yagona davlatga birlashtirishni tugallash oson vazifa emas edi.Chunki birlashtirish siyosati nafaqat ichki,ayni paytda,tashqi tosiqlarga uchragan.Eng katta tashqi to'siq Angliya edi.Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo'l ostida edi.U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan.Buning ustiga,markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslik uchun kurashayotgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo'llab-quvvatlangan.Angliya qiroli Eduard-3 Fransiya qiroli Filipp-6 (1328-1350) (qizining o'g'li)ning nabirasi bo'la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi.Bu omillar Fransiya-Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan.Endi bu ikki davlat o'rtasida urush chiqishi muqarrar edi. Urushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi,xolos.Filipp-6 vafotidan so'ng Eduard-3 Fransiya taxtiga da'vogarlik qilib chiqdi.Biroq Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo'lgan avlod qirollik taxtiga o'tira olmaydi,degan xulosani berdi.Bu esa urush boshlashga bahona boldi.Urush 1337-yilda Angliyaning hujumi bilan boshlandi.Flandriya urushda Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi.