Jilioʻy tumani- Atirau viloyatining sharqiy qismida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Hududi 29,4 ming km². Aholisi 70 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 2,4 kishidan toʻgʻri keladi (2008). Avvallari Yembi tumani, 1993-yildan buyon Jilioʻy tumani deb nomlanmoqda.

Jalioʻy tumani
Жылыой ауданы
tuman
Tarkibida Atirau viloyati
Maʼmuriy markazi Qulsari shahri
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Nugʻmanov Raxmetolla Tanatovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 72 503[1] (1-oʻrin)
Zichligi 2,4 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 29 400 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71237
Pochta indeksi 060100-060111[2]
Avtomobil raqami kodi E, 06
Xaritada
Jalioʻy tumani xaritada
Koordinatalari: 47°1′0″N 54°8′0″E / 47.01667°N 54.13333°E / 47.01667; 54.13333 G O

Geografiyasi tahrir

Shimoli-sharqida Maqat tumani bilan, gʻarbida Atirau shahri bilan, sharqida Aqtoʻbe viloyatining Baygʻanin tumani bilan, janubida Mangʻistov viloyatining Beynev tumani bilan chegaradosh. Tumanning maʼmuriy markazi — Qulsari shahri. Janubiy qismida tumanning eng baland yeri — Jeltau (221 m) togʻi joylashgan. Tuman yerining dengiz sathidan balandligi sharqdan gʻarbga tomon 221 m-dan −26 m-gacha aralashadi.

Hududiy boʻlinishi tahrir

Tumanda bitta shahar (Qulsari shahri), bitta poselke (Yangi Qoratoʻn), beshta qishloq (Qosshagʻil, Jem, Qora-arna, Oqkigiztogʻay, Maykoʻmgen) mavjud. Tumanning maʼmuriy markazi sanlamish Qulsari poselkesiga 2001-yili 22-sentyabrda shahar maqomi berildi. Qulsari shahri viloyat markazi sanalmish Atirau sharidan 230 km masofada joylashgan.

Jilioʻy tumanining qisqacha tarixi tahrir

Jilioʻy tumani 1928-yili 6-mayda Qozoq Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining farmoni bilan tashkil topgan. Hududi 29,3 ming km²-ni tashkil qiladi. 2009-yilgi sanoq boʻyicha tuman aholisi 72938 kishi boʻlsa, uning 51720 nafari shaharda, 21218 nafari qishloqlarda istiqomat qilishadi.

Iqlimi tahrir

Tumanning iqlimi kontinentli, qish oylari iliq keladi, yoz oylari issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −8,8 °C, iyulniki 25,8 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 140 – 150 mm. Bu hududda shamol esib turadi.

Ijtimoiy soha tahrir

Hozirgi kunda tumanda 20 ta maktab, 5 ta bolabogʻcha, № 9 kasbiy litsey, Qulsari gumanitar-texnika kollejdi, 2 ta bolalar va yoshoʻspirinlar maktabi, 1 hunar, 2 soz maktabi, 1 yosh texniklar stansiyasi, 3 kasalxona, 2 shifoxona, 1 tuman jamiyat muzeyi, markaziy kutubxona va 16 ta filiali, „Mereke“ kinoteatri, 2 neftchiilar klubi mavjud [3].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Jilioʻy tumani (Wayback Machine saytida 2013-06-25 sanasida arxivlangan)