James Watson (1928.6.4, Chikago, AQSH) — amerakalik biokimyogar. Molekulyar biologiyaning asoschilaridan. AQSH Fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1957). Chikago universitetini tugatgan (1947). Indiana, Kopengagen (195051), Kembrij (195153, 1955—56) untlarida, Kaliforniya texnologiya institutida (1953—55), Garvard universitetida (1956-yildan) ishlagan. AQSH prezidentining fan boʻyicha maslahatchisi (1962-yildan), NyuYork shtatidagi KoldSpringArbore laboratoriya direktori (1968-yildan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biologiyaga oid. F. Krik bilan hamkorlikda DNK (qarang Dezoksiribonuklein kislota) molekulasining qo‘sh spiralli modelini ishlab chiqqan. Bakteriyalar ribosomalari va ularning oqsil biosintezidagi ahamiyatini oʻrgangan. Viruslar strukturasini oʻrganishga katta hissa qoʻshgan. Nobel mukofoti laureati (1962, F. Krik va M. Uilkinson bilan hamkorlikda).[1]

Uotson Jeyms Dyun

Manbalar

tahrir
  1. "Uotson Jeyms Dyun" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil