Jamol
erkaklar va xotin-qizlar ismi
Jamol (arabcha: جمال — goʻzallik, suluvlik; jozibadorlik) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Jamol | |
---|---|
(arabcha: جمال) | |
Jins | uniseks |
Etimologik maʼnosi | goʻzallik, suluvlik; jozibadorlik |
Ota ismi |
Jamol oʻgʻli, Jamolovich Jamol qizi, Jamolovna |
Ayollar uchun shakli | Jamola |
Chet tillardagi oʻxshashliklar |
arabcha: جمال ozarbayjoncha: Camal nemischa: Dschamāl inglizcha: Jamal ruscha: Джамаль turkcha: Cemâl shvedcha: Jamal italyancha: Jamal |
Bogʻliq maqolalar: |
Taniqli shaxslar
tahrir- Jamol Abdul Nosir — Misr Arab Respublikasining davlat va siyosiy arbobi;
- Jamol Kamol — oʻzbekistonlik shoir, Oʻzbekiston xalq shoiri;
- Jamol Karimov — matematik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor;
- Jamol Khashoggi — saudiyalik jurnalist, dissident;
- Jamol Nizomxoʻjayev — opera xonandasi (bariton), Oʻzbekiston xalq artisti;
- Jamol Otaqulov — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi;
- Jamol Posho — Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, „Ittihod va taraqqiy“ partiyasi rahbarlaridan biri;
- Jamol Qarshi — turkiy tarixchi va yozuvchi.
Familiyalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „J harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati (PDF), 2-jild, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 1036-bet. ISBN 978-9943-8834-5-1.
Ism haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |