Jan Latosz
Jan Latosz (Ivan) (polyakchada: Jan Latoszyński taxminan 1539-yilda tugʻilgan, 1608-yilda Krakovda vafot Ostrohda vafot etgan.) – polyak olimi, astronom, astrolog, matematik, shifokor.
Jan Latosz | |
---|---|
Jan Latoszyński | |
Tavalludi |
tahminan 1539-yil |
Vafoti |
1608-yil Ostroh. Rech Pospolita. (Hozirgi Rivne viloyati, Ukraina) |
Fuqaroligi | Polsha |
Kasbi | Astronom, shifokor. |
Biografiya
tahrirKrakovliklar oilasida tugʻilgan. Ikki yil davomida Padua universitetida tahsil olib, shifokor darajasini olgan.
1565-yilda Krakov akademiyasida (hozirgi Yagellon universiteti) dars bera boshlagan. 1582-yilda Krakov akademiyasining professori, 1584-yilda esa tibbiyot fakultetining dekani boʻlgan. Yangi yil uchun astrologik prognozlar tuzish bilan shugʻullangan.
Taqvim ustida olib borgan islohoti
tahrirLatoszga 1581-yilda papa Gregoriy XIIIning taqvimini sharhlash tayinlanganidan soʻng, Yevropaning barcha yirik universitetlaridan ish taklifi tusha boshlagan. Garchi akademiyalarning aksariyati islohot rejasini maʼqullagan boʻlsa-da, Latosh Stefanish Vaza davrida Polshada papa nunsisi boʻlgan kardinal Alberto Bolognetti tomonidan taklif qilingan boshqa bir yechimni taqdim etgan. Biroq, uning yechimi qabul qilinmagan[1].
Bu Latoszning obroʻsiga katta taʼsir qilgan. Shu bilan birga, protestant davlatlar ham (asosan, islohot papa tomonidan, Muqaddas Rim imperiyasi imperatori yoki boshqa biron-bir dunyoviy hokimiyat tomonidan taklif qilinmagani uchun) taqvim islohotini tanqid qilgan. Shu sabab, Latosz protestantlar bilan bogʻlangan. Ularga qarshi islohotchi katolik Zygmunt III Vaza kurash olib borgan. Bundan tashqari, Polsha-Litva Hamdoʻstligida katolik va pravoslav magnatlari oʻrtasidagi kurashda taqvim masalasi chuqurlashib ketgan, baribir pravoslavlar islohotni qabul qilishmagan.
Akademiyani repressiyalardan himoya qilishni istagan, Krakovlik episkop Bernard Macheyovskiyning talabi bilan rektor Latoszni lavozimidan ozod qilgan.
Keyingi hayoti
tahrirCherkov iyerarxiyasi va iyezuitlar tomonidan taʼqib qilingan Latosz Sharqiy Polshaning oʻsha davrdagi eng nufuzli shaxslaridan biri boʻlgan knyaz Konstantin Vasiliy Ostrogskiydan yordam soʻrashga majbur boʻlgan. 1594-yildan boshlab olim oʻzining prognozlarini Ostroh knyazlari oilasiga bagʻishlagan, 1598-yilda esa Ostrohga koʻchib kelib, knyazning shaxsiy shifokori va Ostroh maktabining matematika professori boʻlgan. Ostrohda u astronomiya, astrologiya va matematika sohalarida tadqiqotlarini davom ettirgan.
1602—1603-yillarda u bir nechta asarlarni, xususan, „Minucie“ va „Ostroh meridiani uchun 1603 yilgi… Yil uchun ogohlantirish…“.
Latosz 1608-yilda Ostrohda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Uning qabri mahalliy qabristonda 1960-yilda yoʻq qilingan.
Astrologik bashoratlar 2011-yilda Ostrog akademiyasida Latoszning 1594-yilda yozilgan va bashoratlarini oʻz ichiga olgan „Prognostikon“ kitobi topilgan. „Prognostikon“ 3036-yilda dunyoning oxiri boʻlishini bashorat qiladi.
Latosz rahbarligida bir necha astrologlar, matematiklar va faylasuflar ushbu sanani aniqlash uchun ishlagan.
Bundan tashqari, u tomonidan boshqa muhim davr voqealari uchun bir nechta astrologik bashoratlar (muvaffaqiyatli) yozilgan: XVII asrda Eronning Usmonli imperiyasi bilan urushda gʻalabasi va 1683-yilda Yan III Sobieskiyning Vena jangidagi gʻalabasi.
Latosz oʻzining astronomik hisob-kitoblariga asoslanib bir qator prognozlar qilgan. Xususan, „Prognostikon“da aytilishicha, 2511-yildan keyin Yerda „Apokalipsis“ kitobidagi voqealar boshlanadi.
Uning astrologik bashoratlari eski polyak va lotin tillarining aralashmasida yozilgan.
Keyingi hayoti
tahrirCherkov iyerarxiyasi va iezuitlar tomonidan taʼqib qilingan Latosz Sharqiy Polshaning oʻsha davrdagi eng nufuzli shaxslaridan biri boʻlgan knyaz Konstantin Vasiliy Ostrohskiydan yordam soʻrashga majbur boʻldi. 1594-yildan boshlab olim oʻzining prognozlarini Ostroh knyazlari oilasiga bagʻishladi, 1598-yilda Latosz Ostrohga koʻchib, knyazning shaxsiy shifokori va Ostroh oʻquv yurtining (akademiyasining) matematika professori boʻldi. Ostrohda u astronomiya, astrologiya va matematika sohalaridagi tadqiqotlarini davom ettirdi.
1602—1603-yillarda u bir nechta asarlarni, xususan, „Minucie“ va „1603 yil uchun ogohlantirish… Ostrog meridiani boʻyicha“ kitoblarini Gregorian taqvimi islohotidagi noaniqliklar haqida nashr qildi.
Latosz 1608-yilda Ostrohda vafot etdi va shu yerda dafn qilindi. Uning qabri mahalliy qabristonda 1960-yilda yoʻq qilingan[2].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Yensiklopedіya іstorії Ukraїni: T. 6: La-Mі / Redkol.: V. A. Smolіy (golova) ta іn. NAN Ukraїni. Іnstitut іstorії Ukraїni. – K.: V-vo „Naukova dumka“, 2009. – 790 s.: іl.
- Kashuba M. V. LYaTOS (Lyatosh) Іvan Arxivirovano 6 marta 2016 goda.
- Shpіzel R. Lyatosh (Lyatos) Yan (Latosz (Latos) Jan) Arxivirovano 25 noyabrya 2011 goda.. – S. 189—190.
- Yakubovich M. „Prognosticon“ Yana Lyatosa 1594 r.: suspіlno-polіtichniy kontekst Arxivirovano 1 iyulya 2014 goda. // Naukovі zapiski Natsіonalnogo unіversitetu „Ostrozka akademіya“: Іstorichnі nauki. – Ostrog : Natsіonalniy unіversitet „Ostrozka akademіya“, 2011. – Vip. 18. – 208 s.; іl.
- Hajdukiewicz L. Latos (Latosz, mylnie Latoszyński) Jan (ok. 1539—przed 1608) // Polski Słownik Biograficzny. – Wrocław – Warszawa – Kraków : Zakład Narodowy Imienia Ossolińskich, Wydawnictwo Polskiej Akademii Nauk, 1970. – T. XVI/4. – Zeszyt 71. – S. 569—572.
- Kralyuk P. M., Yakubovich M. M. Yan Lyatos: renesansna fіlosofіya ta nauka na ukraїnskix zemlyax Arxivirovano 23 avgusta 2021 goda. / P. M. Kralyuk, M. M. Yakubovich. – Ostrog: Vidavnitstvo Natsіonalnogo unіversitetu „Ostrozka akademіya“, 2011. – 144 s.