Janda (fors. — koʻhna, eski) — 1) ustki kiyim. Mato boʻlaklaridan (quroq usulida) uzun va keng qilib tikilgan. Asosan qalandar va shayxlar kiygan (xirqa). Hoz. maʼnoda — juldur chopon, yaktak; 2) qoʻlda toʻqilgan ip mato turi. Asosan qoʻlda, keyinroq f-kada yigirilgan ipdan yoʻl-yoʻl katak gulli qilib oʻziga xos tarzda qalin qilib toʻqilgan. Naqsh mujassamoti ingichka yoʻllar mayda kataklardan iborat keng yoʻllar bilan bir maromda almashinib kelishiga asoslangan, har bir rangli ip oʻz yoʻgʻonligiga ega boʻlgan (maye, qizil rang 2 va qora rang 6 ipdan iborat boʻlgan). J. matosi oʻta pishiqligi va rangining odmiligi bilan ajralib turgan. Turkiston (Tojikiston, Oʻzbekiston)da J.dan toʻn tayyorlangan. 20-asr 20-y.laridan J. toʻqish deyarli barham topgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil