Jasmin Moghbeli ( forscha: یاسمین مقبلی ; talaffuzi: Jasmin Mogbeli tug'ilgan sanasi: 24-iyun 1983-yil ) - AQSh dengiz piyodalari korpusi sinov uchuvchisi va NASA astronavti[1]. Massachusets texnologiya instituti, dengiz aspiranturasi va dengiz sinovlari uchuvchilar maktabi bitiruvchisi. Jasmin 2019-yil holatiga ko'ra, 2000 soatdan ortiq parvoz vaqtini o'tkazgan va 150 ta jangovar missiyalarda, shu jumladan Afg'onistondagi janglarda ham ishtirok etgan[2].

Jasmin Moghbeli
Tavalludi 24-iyun 1983-yil (1983-06-24) (40 yosh)
Bad Nauxaym, G'arbiy Germaniya
Fuqaroligi AQSh va Eron
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Hozirgi kasb
Sinov uchuvchisi
Daraja Podpolkovnik, USMC
Tanlash NASA guruhi 22
Missiyalar SpaceX ekipaji-7
Veb-sayti NASA biography

Erta hayot va ta'lim tahrir

Moghbeli 1983-yil 24-iyunda G'arbiy Germaniyaning Bad Nauxaym shahrida eronlik oilada tug'ilgan[2][3]. Uning ota-onasi Fereshteh va Kami Mog'beli asli Eronning shimoli-g'arbiy qismidagi Mahobod shahridan bo'lib, 1979-yilgi islom inqilobidan keyin Erondan qochib, AQShga ko'chib o'tishgan. U yerda Nyu-Yorkning Bolduin shahrida yashashgan. Mogbeli talabaligida Nyu-Yorkdagi Bolduin o'rta maktabida va Alabama shtatidagi Xantsvill kosmik lageridagi Ilg'or kosmik akademiyada tahsil olgan. U Massachusets Texnologiya Institutida (MIT) axborot texnologiyalari unversitetida aerokosmik muhandislik bo'yicha bakalavr darajasini oldi[2][4][5].

Harbiy martaba tahrir

 
Mogbeli 2017-yilda Bell AH-1Z Viper bilan suratga tushgan

Moghbeli 2005-yilda Qo'shma Shtatlar dengiz piyodalari korpusida ofitser lavozimiga tayinlangan va AH-1 Super Cobrada uchish uchun o'rgatilgan[2]. Dengiz piyodalari korpusida xizmat qilganida, u uch marta chet elga safar qildi va 150 ta jangovar missiyani bajardi. Moghbeli Kaliforniyadagi AQSh harbiy-dengiz aspiranturasida aerokosmik muhandislik bo'yicha magistrlik darajasini oldi, shuningdek, Merilend shtatidagi Patuxent River harbiy-dengiz havo stantsiyasidagi AQSh dengiz sinov uchuvchilar maktabida o'qidi va dengiz piyodalarining Yuma havo stantsiyasida VMX-1 bilan vertolyot sinov uchuvchisi bo'ldi.

NASA faoliyati tahrir

2017-yil iyun oyida Moghbeli NASA Astronaut Group 22 a'zosi sifatida tanlandi va keyinchalik ikki yillik mashg'ulotlarni boshladi[6].

2020-yil yanvar oyida u 13 nafar boshqa NASA astronavt nomzodlari bilan, tayyorlash dasturini tugatdi va rasman unga “kosmik parvozlar, jumladan, Xalqaro kosmik stansiyaga, Artemidaning Oyga va keyinchalik Marsga uchish missiyalari topshirilishi” huquqini berdi[7].

2022-yil mart oyida u 2023-yilda uchirilishi rejalashtirilgan Xalqaro kosmik stansiyaga SpaceX Crew-7 missiyasi qo‘mondoni etib tayinlandi[8]. Bu uning birinchi kosmik parvozi bo'ladi.

Mukofot va unvonlar tahrir

Moghbeli to'rtta havo medali, dengiz floti va dengiz piyodalari korpusining maqtov medali va uchta dengiz floti va dengiz piyodalari korpusining muvaffaqiyati medalini oldi. U, shuningdek, 144-sinf faxriy bitiruvchisi sifatida AQSh harbiy-dengiz kuchlari sinov uchuvchi maktabining 144-sinfning eng yaxshi rivojlanish bosqichi II mukofoti va qo'mondon Villi Makkolning eng yaxshi talaba mukofotiga sazovor bo'ldi[2].

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Iranian-American Astronaut Selected To Travel To Space Station“.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Garcia, Mark. „Astronaut Jasmin Moghbeli“ (en). NASA (2018-yil 7-fevral). 2017-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
  3. „Jasmin Moghbeli“. Biographies of U.S. Astronauts. Spacefacts (2018-yil 18-aprel). Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
  4. „Women's Basketball - 24 - Jasmin Moghbeli“. MIT Engineers. Massachusetts Institute of Technology. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
  5. „Women's Volleyball Takes Fourth“. MIT The Tech. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
  6. Harwood, William. „NASA introduces 12 new astronauts“. CBS News. CBS Broadcasting (2017-yil 7-iyun). Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
  7. MIT Athletics. „Jasmin Moghbeli '05 Graduates from NASA Astronaut Candidate Training Program“. MITAthletics.com. Massachusetts Institute of Technology (2020-yil 16-yanvar). 2021-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  8. „NASA, ESA Assign Astronauts to Space Station Mission on Crew Dragon – Commercial Crew Program“ (en-US). blogs.nasa.gov. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.