Javohir Zokirov

oʻzbekistonlik aktyor, rejissyor, musiqachi

Javohir Jamshidovich Zokirov (1972-yil 9-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR[1]) — oʻzbekistonlik taniqli aktyor[2], rejissyor[3] va xonanda[4]. Zokirovlar sulolasi vakili. Mashhur oʻzbek pop-rok guruhi „Bolalar“ning asoschilaridan biri[5][6]. 2022-yilgi izlanishlarga koʻra, Oʻzbekistondagi eng qimmat gonorar oluvchi aktyor (kuniga 500 AQSh dollari)[7]. Ilk professional rolini „Tsarapina“[8] filmida ijro etgan[9]. „Sotqin“, „Baron“, „Avloniy“ kabi filmlar, „Mendirman Jaloliddin“ serialidagi rollari bilan omma orasida shuhrat qozongan[10][11].

Javohir Zokirov

Javohir Zokirov (2018-yil)
Tavalludi
Javohir Jamshidovich Zokirov

9-noyabr 1972-yil (1972-11-09) (51 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor, rejissyor, musiqachi
Janr drama, melodrama, komediya
Faoliyat yillari 1986—hozirgacha
Otasi Jamshid Zokirov
Onasi Gavhar Zokirova
Turmush oʻrtogʻi Shahrizod Gʻulomova
Bolalari 3 nafar
Qarindoshlari bobosi — Karim Zokirov
buvisi — Shoista Saidova
amakilari — Farrux Zokirov, Botir Zokirov

Yoshligi tahrir

Javohir Zokirov 1972-yilning 9-noyabr sanasida Toshkent shahrida, Zokirovlar sulolasi aʼzolari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirov va Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar xonadonida tugʻilgan. Oilada toʻngʻich farzand[1]. Bezori bola boʻlgani uchun maktabdan haydalgan. Bolalar guruhi asoschilardan hisoblangan Bahodir Po‘latov va Tohir Sodiqov bilan doʻst boʻlgan. Keyinchalik, uchalasi birgalikda guruhga asos solishadi[9].

Taʼlimi tahrir

Boshlangʻich taʼlimni Olmazor tumanida joylashgan 46-maktabda, soʻngra bolalik uyi yaqinida joylashgan maktabda oʻqigan. 1990—1994-yillarda Moskva davlat kinematografiya institutida tahsil olgan[9].

Faoliyati tahrir

Ilk davrlar tahrir

BBC nashri bilan intervyuda 1980-yilda suratga olingan Zavtra viydyosh?[12] (oʻzbekcha: Ertaga koʻchaga chiqasanmi?) filmida ilk marotaba koʻrinish berganini taʼkidlagan. Ilk professional rolini „Tsarapina“[8] filmida ijro etgan[9]. Bolalar guruhining 1989-yili yozilgan eng birinchi — guruhning „Esingdami seni?“ nomli eng mashhur musiqalaridan biri joy olgan — albomi chiqarilgandan soʻng, Javohir Zokirov guruhni tark etib, Rossiyaga oʻqishga joʻnab ketadi[9].

Keyingi yillar tahrir

Aktyor 1996-yildan beri muntazam ravishda katta ekranlarda koʻrinish berib kelmoqda[13]. Keyinchalik, „Katta urushdagi kichik odam“ (1989-yil; Shuhrat Abbosov filmi), „To‘ylar muborak 2“, „Bo Ba Bu“ (1998-yil; Ali Hamroyev filmi), „Voiz“ (1998-yil; Yusuf Roziqov filmi), „Tohir va Zuhra“, „Buyuk Amir Temur“ (1996-yil), „Ko‘rgulik“ va yana bir qator filmlarda bir necha rollar ijro etgan. Qozog‘iston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ishlagan. TV Markaz xususiy kanali uchun avtorlik dasturlari tayyorlash bilan shugʻullangan. BBCning „Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda“ loyihasi uchun musiqalar yozgan[9].

Shaxsiy hayoti tahrir

Taniqli oʻzbek adibi Gʻofur Gʻulomning qizi Shahrizod Gʻulom (Gʻulomova) bilan turmush qurgan[14]. Uch nafar — ikki oʻgʻil va bir qiz farzandi bor[10]. Zokirov Jahongir Otajonovning musiqalarini sevib tinglaydi[14].

Qarindoshlari tahrir

Filmografiyasi tahrir

Film va seriallardagi rollari[16].
Sana Nom Rol Manba
1986-yil Tsarapina Rustam [17]
1989-yil Katta urushdagi kichik odam Safoning doʻsti [18]
1996-yil Buyuk Amir Temur kichik rol [19]
1998-yil Bo Ba Bu Bu (bosh rol) [20]
1999-yil Voiz bolshevik (bosh rol) [21]
2004-yil Chudnaya dolina loʻli [22]
2005-yil Chastniy detektiv Rinat Galiulin [23]
2006-yil Haqiqiy erkaklar ovi Marat (narkokuryer) [24]
2006-yil Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi kichik rol [25]
2007-yil Zabarjad Zafarbek [26]
2007-yil Panoh kichik rol
2009-yil Sled Salamandri kichik rol [27]
2011-yil Sem mayskix dney Xasan (banda boshligʻi; bosh rol) [28]
2012—2014 A u nas vo dvore... Anvar [29]
2015-yil Sotqin Sarvar Bahromovning akasi
2015-yil Pobeg iz Moskavabada Xasan [30]
2016-yil Baron kichik rol [31]
2017-yil Nazira Xamdam
2018-yil Mehmonxona 2 Jamshid [32]
2018-yil Zolotaya Orda Azar [33]
2020-yil Kartonnaya pristan tojik [34]
2021-yil Mendirman Jaloliddin Chingizxon [35]
2022-yil Igra na vijivaniye 2 Yusuf [36]
2023-yil Spasti yedinstvennogo sina Aliyev [37]
2023-yil Hukmdor Usmon Görklü Han

Diskografiyasi tahrir

Ijro etgan ashulalari roʻyxati[38]
Sana Qoʻshiq nomi Manba
03.06.2015 Chyornaya toska [39]
03.06.2015 Devushka-kuvshin [40]
03.06.2015 Dog [41]
03.06.2015 Donoman [42]
03.06.2015 Dvorik [43]
03.06.2015 Ekolot [44]
03.06.2015 Erkalab sev [45]
03.06.2015 Gde ti [46]
03.06.2015 Habiba [47]
03.06.2015 Kel [48]
03.06.2015 Kerak emas [49]
03.06.2015 Luna [50]
03.06.2015 Lunolikaya [51]
03.06.2015 Mustafa [52]
03.06.2015 Oy nurlari [53]
03.06.2015 Stariy dvorik [54]
03.06.2015 Tigr [55]
07.04.2016 Yil [56]
07.04.2016 Raʼno [57]
03.05.2016 Zarb [58]
03.05.2016 Dilbarim [59]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Джавахир Закиров“. vokrug.tv. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  2. „Javohir Zokirov Rossiyadagi festivalda diplomga ega bo'ldi“. www.brend.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 „Джавахир Закиров (Djavakhir Zakhirov, Жавохир Закиров) / биография“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  4. „Javohir Zokirov from Uzbekistan“ (en). popnable.com/. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  5. „Aktyor: Javokhir Zokirov (Javohir Zokirov)“. uzsmart.uz/. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  6. „Javohir Zokirov “Bolalar” guruhini tuzganini tasdiqladi“. daryo.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  7. „Ўзбекистондаги энг «қиммат» актёрлар: уларнинг бир кунлик гонорари қанча?“. zamin.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  8. 8,0 8,1 „Царапина (1986) / информация о фильме“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 „BBC mehmoni - taniqli aktyor Javohir Zokirovga savol yo‘llang“ (uz). bbc.com. — „Lekin, birinchi katta rolni 14 yoshimda "Tirnalgan" ("Tsarapina") filmida o‘ynaganman", deydi u“. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  10. 10,0 10,1 „Javohir Zokirov haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. savol-javob.com. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  11. „Javohir Zakirov Actor“. imdb.com. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  12. „Завтра выйдешь? (1980) / актеры и роли“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  13. „Джавахир Закиров“. kinopoisk.ru/. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  14. 14,0 14,1 „Javohir Zokirov farzandlarining qiziqishlari va Nargiz Zokirovaning O`zbekistonga qaytishi haqida(Eksklyuziv)“ (uz). darakchi.uz. — „Ssenariy muallifi, turmush o`rtog`im — Shahrizod G`ulomova“. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  15. „Закиров, Джавахир Джамшидович“. cyclowiki.org. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  16. „Джавахир Закиров (Djavakhir Zakhirov, Жавохир Закиров) / фильмография“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  17. „ЦАРАПИНА (1986)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  18. „МАЛЕНЬКИЙ ЧЕЛОВЕК В БОЛЬШОЙ ВОЙНЕ (1989)“. kinopoisk.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  19. „ВЕЛИКИЙ АМИР ТЕМУР (1996)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  20. „БО БА БУ (1998)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  21. „ОРАТОР (1999)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  22. „ЧУДНАЯ ДОЛИНА (2004)“. kino-teatr.ru/. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  23. „ЧАСТНЫЙ ДЕТЕКТИВ (2005)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  24. „Охота для настоящих мужчин (2006) / информация о фильме“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  25. „Ходжа Насреддин: Игра начинается“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  26. „Забаржад“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  27. „След саламандры“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  28. „Семь майских дней“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  29. „А у нас во дворе...“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  30. „Побег из Москвабада“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  31. „Барон (Россия, Узбекистан)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  32. „Гостиница 2“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  33. „Золотая Орда“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  34. „Картонная пристань“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  35. „Mendirman Jaloliddin“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  36. „Игра на выживание-2“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  37. „Спасти единственного сына“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  38. „Скачать музыку и клип бесплатно » Javohir Zokirov » Страница 2“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  39. „Javohir Zokirov - Chyornaya toska“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  40. „Javohir Zokirov - Devushka-kuvshin“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  41. „Javohir Zokirov - Dog“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  42. „Javohir Zokirov - Donoman“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  43. „Javohir Zokirov - Dvorik“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  44. „Javohir Zokirov - Ekolot“. uzhits.net/. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  45. „Javohir Zokirov - Erkalab sev“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  46. „Javohir Zokirov - Gde ti“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  47. „Javohir Zokirov - Habiba“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  48. „Javohir Zokirov - Kel“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  49. „Javohir Zokirov - Kerak emas“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  50. „Javohir Zokirov - Luna“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  51. „Javohir Zokirov - Lunolikaya“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  52. „Javohir Zokirov - Mustafa“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  53. „Javohir Zokirov - Oy nurlari“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  54. „Javohir Zokirov - Stariy dvorik“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  55. „Javohir Zokirov - Tigr“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  56. „Javohir Zokirov - Yil“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  57. „Javohir Zokirov - Ra’no“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  58. „Javohir Zokirov - Zarb“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  59. „Javohir Zokirov - Dilbarim“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.

Havolalar tahrir