Jean Nicolay (fransuzcha: Jean Nicolay)—Belgiyalik futbolchi va darvozabon."Standart" va Belgiya terma jamoasi darvozaboni sifatida tanilgan.Belgiyada yilning eng yaxshi futbolchisi „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritgan (1963-yil).Futbolchilik faoliyati 1956-yildan 1973-yilgacha davom etgan.Jean Nicolay 2014-yil 18-avgustda Belgiyaning Bryussel shahrida 76 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan.

Tarjimai holi tahrir

Klubdagi faoliyati tahrir

Jean 1937-yil 27-dekabrda Valloniyaning Lyej shahrida tugʻilgan.Professional futbolchi sifatida u „Standart“ tarkibida debyut qilgan.U 13 yil davomida yaʼni 1955-yildan 1969-yillar oraligʻida jamoa bilan birga toʻrt bor Belgiya chempioni va ikki bor kubogi sohibiga aylandi.Belgiya kubogi baxsida „Standart“ klubi 1965/66-yilgi mavsumda „Anderlext“ 1:0 hisobida magʻlub etildi.1966/67-yilgi mavsumda esa „Mexelen“ 3:1 hisobida magʻlub etildi.Bu baxslarda Jean „Standart“ darvozasini muvaffaqiyatli qoʻriqladi."Standart" tarkibida 278 ta oʻyin oʻtkazgan.1969-yilda u „Racing“ tarkibiga qabul qilindi va u yerda uch yil toʻp surdi.1971-yilda u „Liej“ klubiga qoʻshildi va u yerda ikki yil oʻynadi va faoliyatini yakunladi.Faoliyatini yakunlaganidan soʻng, u „Gent“, „Mes“ va „Mexelen“ klublarida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlagan.Klublardan tashqari Shveysariya va Belgiya terma jamoasida ham darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

U Belgiyaning 19 yoshgacha,21 yoshgacha[1] terma jamoalarida oʻynagan.U milliy terma jamoadagi debyutini Avstriya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi[2].Terma jamoa tarkibida ilk oʻyinini 1959-yil 24-mayda oʻtkazgan boʻlsa, soʻnggi oʻyinini 1967-yil 8-oktabrda oʻynagan.Hozircha terma jamoa tarkibida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha Belgiya terma jamoasi tarixida 73-oʻrinda bormoqda.Bu vaqt mobaynida terma jamoa tarkibida 39 ta oʻyin oʻtazdi.

Yutuqlari tahrir

 "Standart"[3]

Shaxsiy tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Jean Nicolay - Сборная“ (ru). www.transfermarkt.world. 2022-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  2. „Бельгия - Австрия, 24 мая 1959 г. - Товарищеские матчи - Протокол матча“ (ru). www.transfermarkt.world. 2022-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  3. „Palmarès | Standard de Liège“. standard.be. 2016-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  4. „Belgium - List of Cup Finals“. www.rsssf.com. 2003-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  5. „OVERZICHT. Wie waren de voorgangers van Gouden Schoen-winnaar Matias Suarez?“ (nl-BE). Het Nieuwsblad. 2016-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  6. „Jean Nicolay | Connaître la Wallonie“. connaitrelawallonie.wallonie.be. 2022-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-may.