Jeoda (frans. geode) — yumaloq yoki oval shakldagi mineral agregatlar. Choʻkindi togʻ jinslaridagi boʻshliklarni minerallar bilan toʻlishidan hosil boʻladi. J.ning koʻndalang kesimi bir necha millimetrdan 1 m gacha va undan kattaroq. J. markaziga tomon minerallar qat-qat joylashib konsentrik qavatlar xosil qiladi (maye, agatlar). Mineral qavatlari rangi va tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. J.ning ichidagi boʻsh joylar koʻpincha mineral druzalari bilan toʻladi. J.lar yaxshi jilolanadi. Undan bezak buyumlari tayyorlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil