Jilolash, pardozlash, sayqallash — buyumlar yuzalariga koʻzgusimon shaffoflik (sillikliq, sayqal) berish uchun mexanik yoki dastaki usulda ishlov berish. Metall buyumlarga J. stanoklarida, shuningdek, elektrolitik va elektromexanik usul bilan ishlov beriladi. J. stanoklarining J. qurilmalari fetra, kigiz, boʻz, duxoba, charm va b.dan tayyorlangan doyra va tasmalardan iborat boʻlib, ularga oldindan yoki ishlov berish vaqtida J. pastalari (kukunlar) surkalgan boʻladi. Bunda buyumni stolga, J. qurilmasini shpindelga mahkamlab, J. qurilmasi buyum ustida harakatlantiriladi. Yogʻoch buyumlarni J. yuzalarga yaltiroq smola (polituralar) surkab ishqalashdan yoki lok-buyoq qoplashdan iborat. Tosh buyumlarning yuzalarini J. uchun ularga J. kukunlari sepib, namlangan kigiz bilan ishlov beriladi. Plastmassa buyumlar barabanlarda yoki J. stanoklarida jilolanadi. Barabanlarda J.da unga buyumlar bilan birga J. aralashmasi (maye, mashina moyi yoki vazelin moy shimdirilgan pemza kukuni) solinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil