Jimjitlik kodeksi 2: Qora baliq izidan

“Jimjitlik kodeksi-2” televizion versiyasida “Qora baliqning izidan” nomi bilan mashhur boʻlgan 1993-yilda Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligida suratga olingan kriminal detektiv.[1] Georgiy Vayner va Leonid Slovinning „Oyning qorongʻu tomonida“ hikoyasi asosida 1990-yilda suratga olingan Jimjitlik kodeksi filmining davomi. Ushbu film har biri 85 daqiqadan boʻlgan ikki qismdan iborat. Mazkur film ekranga chiqqandan keyin Georgiy Vayner va Leonid Slovinning "Qora baliq izidan" kitobi nashr etildi.

Jimjitlik kodeksi-2
Rejissyor(lar) Zinoviy Royzman
Ssenariynavis(lar) Georgiy Vayner
Leonid Slovin
Zinoviy Royzman
Rollarda Murod Rajabov
Aleksandr Fatyushin
Boris Ximichev
Yelena Borzova
Bastakor(lar) Yevgeniy Shiryayev
Chiqarilgan sanasi 1993
Davomiyligi 170 min.
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Rossiya bayrogʻi Rossiya
Til ruscha
Avvalgi film Jimjitlik kodeksi (film, 1990)

Mazmuni tahrir

Filmning bosh qahramoni podpolkovnik Toʻra Samatov Oʻzbekistondagi giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashib, katta jinoiy toʻdani ustidan gʻalaba qozonadi. Ammo jinoyatchilar Samatovni tinch qoʻymay, har xil uydirmalar bilan qamoqqa oldirishadi. Uning xotini va oʻgʻli ham avtohalokat tufayli olamdan koʻz yumadi. Oradan 6 yil vaqt oʻtadi. 1986-yil Samatov ishi qayta koʻrib chiqiladi, hech qanday jinoyat alomatlari topilmagach, qamoqdan ozod qilinadi. U Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻidagi shaharga militsiya boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. Bu shaharda hech narsadan tap tortmagan brakonyerlar baliqlarni tuxum qoʻyish vaqtida tutib, ularni mahalliy hokimiyat oʻrtasida tarqatadilar. Podpolkovnik tayinlanishidan avval ham shaharda baliqlarni muhofaza qilish punkti yoqib yuborilgan va yongʻin oqibatida inspektor Sattor Abbosov halok boʻlgan edi. Bu qora ikra va osetr baliqlarini sotish bilan shugʻullanuvchi jinoiy uyushmaning ishi boʻladi. Samatov va uning yordamchisi Silov toʻdaning jinoiy faoliyatiga nuqta qoʻyishadi.

Rollarda tahrir

Manbalar tahrir

Tomosha qilish uchun tahrir

Фильм Кодекс молчания 2 Youtube.com