Jinoyatchilik dinamikasi — muayyan vaqt (kun, oy, yil,) mobaynida jinoyatchilikning darajasi va tuzilishdagi oʻzgarishlarni aks ettiruvchi koʻrsatkich hisoblanib, ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida Jinoyatchilik dinamikasiga 2 guruhdagi omillar tasir koʻrsatadi.

Birinchisi, jinoyatchilikka taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatchilikning sabab va shart-sharoitlari, aholining demografik tuzilishi va boshqa ijtimoiy jarayon hamda hodisalar hisoblansa, ikkinchisi esa, jinoyat va jazolar turini kengaytiradigan yoki toraytiradigan, jinoyatlar klassifikatsiyasini oʻzgartiruvchi jinoyat qonunlarining oʻzgarishi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi