Joao Mendonça Azevedo (1915-yil 10-iyul – 1991-yil 3-yanvar) portugaliyalik futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan.

João Azevedo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi João Mendonça Azevedo
Tavallud joyi BarreiroPortugaliya
Vafot sanasi 3-yanvar 1991-yil[1]
Vafot joyi Barreiro, Portugaliya
Boʻyi 1.87m[1]
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1937-1947
1953-1954
Sporting CP
Clube Oriental de Lisboa[2]
254
14
(0
0)
Milliy terma jamoa
1937-1947 Portugaliya 19 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Uning butun faoliyati Sporting CP bilan bogʻliq boʻlib, Azevedo mazkur klub safida 423 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushgan.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Setubal viloyatining Barreiro shahrida tugʻilgan Azevedo futbol oʻynashni ikkita mahalliy klub – FC Barreirense va Luso Futebol Clube safida boshlagan. Azevedo 1935-yilda Sporting CP klubi bilan shartnoma imzolagan va keyingi 18 mavsumda shu klubda toʻp surgan[2]. Bu davrda Azevedo 14 ta yirik sovrinni, jumladan, sakkizta Primeira Liga chempionligini qoʻlga kiritgan[3].

1946-yil 17-noyabrda Lissabon chempionati doirasida S. L. Benfika klubiga qarshi oʻyinda Azevedo qoʻlini sindirib oladi. Azevedo maydonni tark etishga majbur boʻldi, biroq ikkinchi boʻlimda hisob 1:1 boʻlganida maydonga qaytib, jamoasining 3:1 hisobidagi gʻalabasini taʼminlashga yordam berdi. Azevedo 1954-yilda, qoʻshni Clube Oriental de Lisboa klubida bir mavsumni oʻtkazgandan soʻng, 39 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi[4].

Milliy terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Azevedo oʻn yil davomida Portugaliya milliy terma jamoasi safida 19 ta oʻyin maydonga tushdi[3]. Azevedo 1937-yil 28-noyabrda Ispaniyaga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻrtoqlik uchrashuvda oʻz debyutini amalga oshirgan edi. Oʻsha oʻyindan oldin Azevedo hamda jamoadoshlari Mariano Amaro, Artur Quaresma va Xose Simoes fashistlar usulida salom berishdan bosh tortishdi va keyinchalik PIDE (Portugaliya xavfsizlik agentligi) tomonidan so‘roqqa tutildilar[5].

Azevedoning yagona rasmiy musobaqadagi ishtiroki 1938-yil 1-mayda boʻlib oʻtdi. Azevedo Italiyada Shveysariyaga qarshi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan va natijada 1938-yilgi FIFA Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini boy berdi. Azevedo, shuningdek, 1947-yil 25-mayda Oeirasda Angliyaga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvda Portugaliya milliy terma jamoasi tarkibida maydonga tushdi va (10:0) magʻlubiyatga uchradi[6].

Furbolchilikdan keyingi faoliyati va vafoti

tahrir

Azevedo oʻz faoliyatini yakunlagandan soʻng, taksi haydovchisi sifatida ishladi. Keyinchalik Azevedo Angliyaning London shahriga koʻchib borib, u yerda kollej uchun xizmat koʻrsatuvchi haydovchi boʻlib faoliyat yuritdi[3].

Azevedo 1982-yilda Portugaliyaga qaytib keldi, 1991-yil 4-yanvarda 75 yoshida Barreiro shahrida vafot etdi[3].

Yutuqlari

tahrir

Sport CP

  • Primeira Liga: 1940-41, 1943-44, 1946-47, 1947-48, 1948-49, 1950-51, 1951-52, 1952-53-yillar [4]
  • Taça de Portugal: 1940-41, 1944-45, 1945-46, 1947-48-yillar [4]
  • Portugaliya Campeonato: 1935-36, 1937-38-yillar

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „General Information about the player João Azevedo“. www.national-football-teams.com. Qaraldi: 2024-yil 23-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „João Mendonça Azevedo“. eu-football.info. Qaraldi: 2024-yil 23-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Gato de Frankfurt? Sim. Leão voador? Sempre“ (Portuguese). Sporting CP (2015-yil 10-iyul). Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Sporting: guarda-redes Azevedo nasceu há 100 anos“ (Portuguese). Mais Futebol (2015-yil 10-iyul). Qaraldi: 2015-yil 12-oktyabr.
  5. De Melo, Afonso. „Portugal-Espanha. "Franco! Franco! Franco! Salazar! Salazar! Salazar!"“ (Portuguese). i (2018-yil 14-iyun). Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  6. Tovar, Rui Miguel. „Os mestres afinam pontaria e toma lá 10–0“ (Portuguese). i (2015-yil 25-may). Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.

Havolalar

tahrir
  • João AzevedoForaDeJogo (arxivda)
  • João AzevedoEU-Football.info-da