Joʻborcha — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. Joʻborcha — toʻliq yozilishi va talaffuz qilinishi „joʻy+bor+[cha]“ tarzida boʻlishi kerak. Joʻy — „ariq“, „cha“ esa kichiklikni bildiruvchi qoʻshimcha[1]. Fors-tojik tilidagi bor (بار) soʻzining koʻplab maʼnolari ichida „shox, tarmoq“ maʼnosini ushbu toponimga qoʻllashni maqbul deb hisoblagan holda, uning umumiy maʼnosi „ariqchaning tarmogʻi“, „biror hududga qarab oqqan kichik suv tarmogʻi“ni anglatishini taklif qilamiz[2].


Manbalar tahrir

  1. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126 bet.