Joachim Adukor (talaffuzi: Xoakim Adukor) (1993-yil 2-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi, Qozogʻiston Premyer-ligasining "Aktobe " klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Ganada tugʻilgan, Liberiya terma jamoasi safida xalqaro maydonda qatnashadi.

Joachim Adukor
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-may 1993-yil (1993-05-02) (30 yosh)
Tavallud joyi Tema, Gana
Boʻyi 6 ft 1 in (1.85 m)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Aktobe
Raqami 50
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2010 Parma (Gana)
2010—2011 Emirates Sporting Club
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011Gefle (Ijara) 0 (0)
2012—2013 Gefle 11 (0)
2014—2015 Trofense 12 (0)
2015—2016 Béziers 23 (0)
2016—2017 OFI Crete 17 (1)
2017—2019 Sarajevo 35 (3)
2019—2020 Diósgyőr 7 (0)
2020—2021 Sarajevo 21 (0)
2021- Aktobe 27 (1)
Milliy terma jamoa
2022- Liberiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-noyabr 2021-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Adukor markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U ilgari Shvetsiyaning Allsvenskan jamoasi Gefleda, Portugaliya Segunda Ligasi jamoasi Trofenseda, Fransiyaning Beziers va Gretsiya futbol ligasida OFI Krit jamoalarida oʻynagan. 

2017-yil 15-avgustda Adukor Bosniya Premyer-ligasining „Sarajevo“ klubi bilan shartnoma imzolagan[1]. 2018—2019-yilgi mavsumda Adukor „Sarayevo“ bilan ichki dublni qoʻlga kiritib, Bosniya Premyer-ligasida ham, Bosniya kubogida ham gʻolib chiqgan[2][3]. U Sarajevoni 2019-yilning iyun oyida klub bilan shartnomasi tugaganidan keyin tark etgan[4].

Sarajevoni tark etganidan koʻp oʻtmay, 2019-yil 1-iyulda Adukor Vengriyaning Nemzeti Bajnokság I klubi hisoblanmish Diósgyőri bilan shartnoma imzolagan[5]. oradan bir yil oʻtib, 2020-yilning 8-sentyabrida u ikki yillik shartnoma imzolab, Sarajevo jamoasiga qaytgan[6]. Adukor 2020-yil 13-oktyabrda Radnički Lukavachga qarshi kubok oʻyinida Sarajevoga qayta qoʻshilgandan keyin ilk oʻyinini oʻtkazgan[7].

Xalqaro faoliyati tahrir

2011-yil oktyabr oyida Adukor 2013-yilgi Afrika U20 chempionati oldidan Gananing 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etish istagini bildirgan[8]. 2012-yil iyun oyida u saralash musobaqasiga chaqirilgan[9].

2015-yil may oyida Adukor Gananing 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga Butun Afrika oʻyinlari va Olimpiya oʻyinlariga saralashda ishtirok etish uchun taklif qilingan.

2022-yil iyun oyida Adukor Liberiya fuqoroligini olgan va xalqaro maydonda Liberiya sharafini himoya qila boshlagan[10]. U Liberiya terma jamoasi safida 2023-yil 13-iyun kuni Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida Marokashga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Divizion Liga Kubok Qitʼa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Gefle 2011-yil Allsvenskan 0 0 0 0 0 0
2012-yil Allsvenskan 3 0 1 0 4 0
2013-yil Allsvenskan 8 0 1 0 3 0 12 0
Jami 11 0 2 0 3 0 16 0
Trofense 2014—2015 LigaPro 12 0 4 1 16 1
Beziers 2015—2016 Milliy chempionat 23 0 1 0 24 0
OFI Krit 2016—2017 Gretsiya futbol ligasi 17 1 5 0 22 1
Sarajevo 2017—2018 Bosniya Premyer-ligasi 20 2 0 0 0 0 20 2
2018—2019 Bosniya Premyer-ligasi 15 1 0 0 4 0 19 1
Jami 35 3 0 0 4 0 39 3
Diosgyori 2019—2020 Nemzeti Bajnoksag I 7 0 0 0 7 0
Sarajevo 2020—2021 Bosniya Premyer-ligasi 15 0 6 0 0 0 21 0
Karyerada jami 120 4 18 1 7 0 145 5

Yutuqlari tahrir

Sarajevo

  • Bosniya Premyer-ligasi : 2018—2019
  • Bosniya kubogi : 2018—2019, 2020—2021

Manbalar tahrir

  1. E.B. „Joachim Adukor potpisao dvogodišnji ugovor sa Sarajevom“ (Bosnian). Klix.ba (15-avgust 2017-yil). Qaraldi: 15-avgust 2017-yil.
  2. E.B. „FK Sarajevo osvojio Kup Bosne i Hercegovine“ (Bosnian). Klix.ba (15-may 2019-yil). Qaraldi: 15-may 2019-yil.
  3. E.B. „Sarajevo je šampion!“ (Bosnian). Klix.ba (18-may 2019-yil). Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  4. E. Čaušević. „Joachim Adukor napušta FK Sarajevo, ali ostaje u Premijer ligi BiH?“ (Bosnian). sportsport.ba (3-iyun 2019-yil). Qaraldi: 3-iyun 2019-yil.
  5. E. Oštraković. „Bivši nogometaš Sarajeva od danas i zvanično u Mađarskoj“ (Bosnian). sportsport.ba (1-iyul 2019-yil). Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  6. N.K. „Joachim Adukor opet u dresu Sarajeva: Nadam se tituli i treću godinu zaredom“ (Bosnian). Klix.ba (8-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
  7. E. Čaušević. „Borba za osminu finala Kupa BiH: Poznati sastavi Radničkog i Sarajeva“ (Bosnian). sportsport.ba (13-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2020-yil.
  8. „Sweden based Adukor keen on Satellites“. Ghanaweb (24-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 3-aprel 2012-yil.
  9. „19 foreign-based players called into U-20 team“. Ghanaweb (2012-yil iyun). 8-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2012-yil.
  10. „Former Ghana youth player Joachim Adukor switches international allegiance to represent Liberia“. GHANAsoccernet (13-iyun 2022-yil). Qaraldi: 20-avgust 2022-yil.
  11. „Liberia vs. Morocco - 13 June 2022 - Soccerway“.