John Erskine (talaffuzi: John Erskin; 1980-yil 26-iyunda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. U Milliy Xokkey Ligasida (NHL) Dallas Stars, New York Islanders va Washington Capitals jamoalarida oʻynagan[1].

John Erskine
Tugʻilgan joyi 26-iyun 1980-yil (1980-06-26) (43 yosh)
Kingston, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 220 lb (100 kg; 15 st 10 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
Oʻynagan jamoalari Dallas Stars
New York Islanders
Washington Capitals
NHLga kirish drafti 39-oʻrin, 1998
Dallas Stars
Jamoalardagi faoliyat 2000—2014

Yoshligi tahrir

Erskine Ontario shtatining Kingston shahrida tugʻilgan. Ammo oʻzining tugʻilgan shahri Ajaxda Ontario Kichik Xokkey Assotsiatsiyasining (OMHA) York-Simko ligasining Ajax Knights va OMHAning Ajax-Pickering Raiders AAA jamoalarida xokkey oʻynagan.

Faoliyati tahrir

Ajax-Pickering Raiders Midget AAA jamoasi bilan 1995—1996-yilgi mavsumdan soʻng, Erskine keyingi mavsum uchun Quinte Hawks Jr.A jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

London Knights jamoasi Erskineni 1997-yilgi OHL ustuvor tanlovida ikkinchi umumiy tanlov sifatida jamoa tarkibiga tanlagan.

Erskine 1998-yilda Dallas Stars jamoasi tomonidan NHLga kirish draftida 39-oʻrinda jamoa safiga qabul qilingan. 1997—1998, 1998—1999 va 1999—2000-yilgi mavsumlarida Erskine Ontario xokkey ligasining London Knights jamoasi safida oʻynagan. Erskine 1999—2000-yillarda OHLning eng yaxshi himoyachisi sifatida Max Kaminsky kubogini qoʻlga kiritgan. U 2000-yilda Xalqaro Xokkey Ligasining Utah Grizzliesga oʻtgunga qadar mavsumdan mavsumga sezilarli yaxshilanishni koʻrsatgan.

Erskinening NHLdagi debyuti 2001—2002-yilgi NHL mavsumida Dallas jamoasi tarkibida boʻlgan, u yerda 33 oʻyin oʻtkazgan va bitta golli uzatma qayd etgan. Erskine Dallas jamoasida 2005—2006-yilgi NHL mavsumining oʻrtalarida oʻynagan. Dallas jamoasi Erskineni New York Islanders jamoasidagi himoyachi Janne Niinima evaziga almashtirgan[2].

Faoliyat statistikasi tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Playoff
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1995—1996 Ajax/Pickering Raiders AAA Midget 49 11 29 40 122
1995—1996 Ajax Axemen OPJHL 3 0 0 0 2
1996—1997 Quinte Hawks MetJHL 46 4 16 20 241
1997—1998 London Knights OHL 55 0 9 9 205 16 0 5 5 25
1998—1999 London Knights OHL 57 8 12 20 208 25 5 10 15 38
1999—2000 London Knights OHL 58 12 31 43 177
2000—2001 Utah Grizzlies IHL 77 1 8 9 284
2001—2002 Dallas Stars NHL 33 0 1 1 62
2001—2002 Utah Grizzlies AHL 39 2 6 8 118 3 0 0 0 10
2002—2003 Dallas Stars NHL 16 2 0 2 29
2002—2003 Utah Grizzlies AHL 52 2 8 10 274 1 0 1 1 15
2003—2004 Dallas Stars NHL 32 0 1 1 84
2003—2004 Utah Grizzlies AHL 5 0 0 0 18
2004—2005 Houston Aeros AHL 61 3 7 10 238 5 0 1 1 20
2005—2006 Dallas Stars NHL 26 0 0 0 62
2005—2006 Iowa Stars AHL 3 0 0 0 6
2005—2006 New York Islanders NHL 34 1 0 1 99
2006—2007 Washington Capitals NHL 29 1 6 7 69
2006—2007 Hershey Bears AHL 4 0 2 2 9
2007—2008 Washington Capitals NHL 51 2 7 9 96 7 0 2 2 6
2008—2009 Washington Capitals NHL 52 0 4 4 63 12 0 1 1 16
2009—2010 Washington Capitals NHL 50 1 5 6 66
2010—2011 Washington Capitals NHL 73 4 7 11 94 9 1 1 2 6
2011—2012 Washington Capitals NHL 28 0 2 2 51 4 0 1 1 0
2012—2013 Washington Capitals NHL 30 3 3 6 34 7 0 1 1 4
2013—2014 Washington Capitals NHL 37 1 3 4 56
AHLdagi ochkolari 164 7 23 30 663 9 0 2 2 45
NHLdagi ochkolari 491 15 39 54 865 39 1 6 7 32

Mukofot va unvonlari tahrir

Mukofotlar Yil
OHL
CHL eng yaxshi istiqbollari oʻyini 1998
Birinchi yulduzlar jamoasi 2000
Max Kaminskiy kubogi 2000
CHL birinchi yulduzlar jamoasi 2000

Manbalar tahrir

  1. „Capitals re-sign Erskine for 2 years“. Washington Capitals.com (2007-yil 27-avgust). 2008-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-oktyabr.
  2. „Struggling Islanders Trade Niinimaa to Dallas“. New York Times (2006-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 22-oktyabr.