John Thompson

amerikalik matematik
(John Griggs Thompsondan yoʻnaltirildi)

John Griggs Thompson (talaffuzi: Jon Griggs Tompson) (1932-yil 13-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Tompson matematik-aljabrchi boʻlib, cheklangan guruhlarni oʻrganish boʻyicha ishlari bilan tanilgan. U Gainesville shahridagi Florida universitetining matematika kafedrasi professori. Thompson Fields medali (1970), Wolf mukofoti (1992) hamda Abel mukofoti (2008) bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Pierre Deligne, John Milnor, Jean-Pierre Serre hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda)[3].

John Thompson
Tavalludi 13-oktyabr 1932-yil (1932-10-13) (92 yosh)
Ottawa, Kansas, AQSh
Fuqaroligi Amerika
Sohasi Matematika
Institutlar Harvard universiteti (1961-1962)
Chicago universiteti (1962-1968)
Cambridge universiteti (1968-1993)
Florida universiteti (1993-bugun)
Taʼlimi Yale universiteti (B.A. 1955)
Chicago universiteti (Ph.D. 1959)
Akademik rahbarlari Saunders Mac Lane
Mashhur shogirdlari R. L. Griess
Richard Lyons
Charles Sims
Nick Patterson
Mukofotlari Cole mukofoti (1965)
Fields medali (1970)
Qirollik jamiyatining xodimi (1979)
Berwick mukofoti (1982)
Sylvester medali (1985)
Wolf mukofoti (1992)
Médaille Poincaré (1992)[1][2]
Milliy ilm-fan medali (2000)
Abel mukofoti (2008)
De Morgan medali (2013)

Thompson 1932-yil 13-oktyabrda AQShning Ottawa shahrida tugʻilgan. 1955-yilda Yale universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1959-yilda Chicago universitetida falsafa doktori ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

1962-yilgacha Tompson Harvard universitetida dotsent boʻlib ishlagan, soʻngra Chicago universitetining matematika kafedrasiga professor etib tayinlangan va u yerda 1970-yilgacha ishlagan. Tompson Chicagodan keyin Cambridge universitetida matematika professori lavozimini egalladi va u yerda 23 yillik uzluksiz ishdan soʻng, AQShga qaytib bordi. AQSHda Florida universitetida professor oʻlaroq faoliyatini davom ettirdi.

Tompson Cambridge universitetining „faxriy matematik professori“ unvoni bilan bir qatorda Yale, Oxford va Illinois universitetlarida, shuningdek Ohio shtati universitetida „faxriy doktor“ unvoniga sazovor boʻlgan. Tompson AQSh milliy fanlar akademiyasi (1967), Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi (1998), Norvegiya fan va adabiyot akademiyasining aʼzosi. London qirollik jamiyati va Italiya Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi hisoblanadi[4].

Manbalar

tahrir
  1. Thompson, John Griggs — serge.mehl.free.fr
  2. Liste des 122 fondations (Wayback Machine saytida 2014-10-06 sanasida arxivlangan). The médaille Poincaré 1917-yilda Fransiya fanlar akademiyasi tomonidan berilgan mukofot Grande Médaille.
  3. „2008: John Griggs Thompson and Jacques Tits“. Norwegian Academy of Science and Letters.
  4. „Gruppe 1: Matematiske fag“ (no). Norvegiya fan va adabiyot akademiyasi. 2013-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-oktyabr.

Havolalar

tahrir