Polyani Jon Charlz (1929.23.1, Berlin) — kanadalik kimyogar. Kanada qirollik jamiyati aʼzosi (1966-yildan). Manchester universitetini tugatgan (1949). Falsafa doktori (1952), Toronto universiteti professor (1962-yildan). Asosiy tadqiqotlari kimyoviy kinetikaga oid. Elemen-tar kimyoviy jarayonlar dinamikasi sohasida yangi yoʻnalishni rivojlantirgan (1960—70). Alohida molekulalarning kuchsiz infraqizil nurlanishiga koʻra, reaksiya mahsulotlarining energetik holatini aniqlash usulini ishlab chiqqan. London qirollik jamiyati aʼzosi (1971-yildan). Nobel mu-kofoti laureati (1986, S. Xershbax va Ya. Li bilan hamkorlikda).[1][2]

Jon Polanyi, Shvetsiyaning Gotenburg shahrida bo'lib o'tgan Nobel haftaligi muloqotida 2019.

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari