Joshua Thomas Sargent (talaffuzi: Joshua Tomas Sargent) (2000-yil 20-fevralda tugʻilgan)—amerikalik professional futbolchi. Joshua Sargent EFL chempionati vakili „Norwich City“ futbol klubi va AQSh milliy futbol terma jamoasi safida hujumchi va yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2017-yilning may oyida, 17 yoshida Joshua Sargent FIFA U-20 Jahon chempionatida gol urgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi[3].

Joshua Sargent
Sargent 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joshua Thomas Sargent[1]
Tavallud sanasi 20-fevral 2000-yil (2000-02-20) (24 yosh)
Tavallud joyi O'Fallon, Missouri, AQSH
Boʻyi 1.75 m[2]
Ampluasi

hujumchi

yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Norwich City
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2016 St. Louis Scott Gallagher
2016—2017 IMG Academy
2017—2018 Werder Bremen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018 Werder Bremen II 12 (7)
2018—2021 Werder Bremen 72 (13)
2021 Norwich City 45 (11)
Milliy terma jamoa
2018 AQSH 20 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 12-noyabr uchun)

Yoshligi tahrir

Sargent Missouri shtatining OʻFallon shahrida Jeff va Liane Sargent oilasida tugʻilgan. Joshua Sargent sakkiz yoshida „Scott Gallagher“ futbol klubiga qoʻshilgan[4].

Klublardagi oʻyin faoliyati tahrir

Dastlabki yillar tahrir

Joshua Sargent St. Louis Scott Gallagher nomli AQSh Futbolni rivojlantirish akademiyasi klubida oʻynagan[5]. 2016-yilgi Nike xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvidagi ajoyib oʻyinidan soʻng, Joshua Sargent 2016-yilning yozida „Kansas City“ futbol klubi bilan ikki hafta mashgʻulot oʻtkazdi[6]. Shuningdek, Joshua Sargent oʻsha yilning oktyabr oyida Gollandiyaning "PSV Eindhoven" futbol klubida bir haftalik mashgʻulot oʻtkazdi. 2017-yil yanvar oyida Joshua Sargent AQShning 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga chaqirildi. Shundan soʻng, Joshua Sargent Germaniyaning "Schalke 04" futbol klubida mashgʻulot oʻtkaza boshladi[7][8][9].

Werder Bremen tahrir

2017-yilning 20-sentabrida „Werder Bremen“ futbol klubi Sargent 2018-yilning 1-yanvarida klub safiga qo‘shilishi, so‘ngra FIFA qoidalariga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan kunida professional shartnoma imzolashini eʼlon qildi[10]. Shundan soʻng, Joshua Sargent 2018-yil 20-fevralda klub bilan 2018—2019-yilgi mavsum uchun shartnoma imzoladi[11].

2018-yil 7-dekabrda Joshua Sargent „Werder Bremen“ futbol klubining asosiy jamoasi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi[12].

2019-yilning fevral oyida Sargent klub bilan shartnoma muddatini „uzoq muddatli“ qilishga rozi boʻldi[13].

Norwich City tahrir

2021-yil 9-avgustda Sargent „Werder“ futbol klubini tark etib, Premyer-liga vakili „Norwich City“ futbol klubi safiga qo‘shildi[14]. Joshua Sargent klub bilan 9,5 million yevro miqdorida to‘rt yillik shartnoma tuzdi[15].

Shaxsiy hayoti tahrir

Joshua Sargent Kirsten Leppingga uylangan. Ular 2020-yil avgust oyida unashtirilgan edi. Sargentning 2022-yil 13-yanvarda tug‘ilgan bir qizi bor[16].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Werder Bremen II 2018—2019 Nord mintaqaviy ligasi 12 7 12 7
Werder Bremen 2018—2019 Bundesliga 10 2 10 2
2019—2020 Bundesliga 28 4 4 0 2 0 34 4
2020—2021 Bundesliga 32 5 3 2 35 7
2021—2022 2. Bundesliga 2 2 2 2
Jami 72 13 7 2 2 0 81 15
Norwich City 2021—2022 Premyer-liga 26 2 2 0 1 2 29 4
2022—2023 Chempionat 19 9 0 0 1 0 20 9
Jami 45 11 2 0 2 2 49 13
Jami 129 31 9 2 2 2 2 0 142 35

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Qoʻshma Shtatlar 2018 6 2
2019 6 3
2021 7 0
2022 1 0
Jami 20 5
Joshua Sargent tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2018-yil 28-may Talen Energy stadioni, Chester, Amerika Qoʻshma Shtatlari   Boliviya 2-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2018-yil 16-oktyabr Pratt & Whitney stadioni, East Hartford, AQSH   Peru 1-0 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3 2019-yil 11-oktyabr Audi Field, Vashington, AQSH   Kuba 6-0 7-0 2019—2020-yilgi CONCACAF Millatlar ligasi
4 2019-yil 19-noyabr Truman Bodden sport majmuasi, George Town, Cayman orollari   Kuba 1-0 4-0 2019—2020-yilgi CONCACAF Millatlar ligasi
5 4-0

Manbalar tahrir

  1. „2021/22 Premier League squads confirmed“. Premier League (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
  2. „Josh Sargent“. Norwich City F.C.. Qaraldi: 2022-yil 24-avgust.
  3. „SEVENTEEN YEAR OLD JOSH SARGENT BECOMES YOUNGEST U.S. PLAYER TO SCORE AT FIFA U-20 WORLD CUP“. U.S. Soccer Federation (2017-yil 22-may). Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  4. „Josh Sargent: The pride of soccer-rich St. Louis“, Soccer America, Mike Wotalla, May 26, 2017.
  5. „Is Josh Sargent USA Soccer's Next Star? Amazing Goal Vs. Mexico Hints 'Yes'“. NESN (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  6. Galarcep. „The Chinese league is continuing to spend big money, and it's time for MLS to start taking it seriously as a threat to the American league's transfer plans.“. Goal. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  7. „Five Things to Know About Forward Josh Sargent“. USSoccer. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  8. Overbey. „Former St. Dominic student Sargent realizing dream with U-17 national team“. St. Louis Post-Dispatch. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  9. „Josh Sargent Training at Schalke“. Soccer STL (2017-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  10. Goff, Steven. „U.S. teenager Josh Sargent to sign with Werder Bremen“. Washington Post. Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.
  11. Creditor, Avi. „USA's Josh Sargent Turns 18, Signs His Contract With Werder Bremen“. Sports Illustrated (2018-yil 20-fevral). Qaraldi: 2018-yil 20-fevral.
  12. „'Beginner's luck' – Sargent scores with first touch on Bundesliga debut“. Goal (2018-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 7-dekabr.
  13. „Josh Sargent signs long-term extension with Werder Bremen“. ESPN (2019-yil 26-fevral). Qaraldi: 2019-yil 26-fevral.
  14. „City land USA international Sargent“. Norwich City F.C. (2021-yil 9-avgust).
  15. „Josh Sargent transfer: Norwich City signs USMNT forward“. Sports Illustrated (2021-yil 9-avgust). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  16. Mutch. „Every word Norwich boss Dean Smith said on Todd Cantwell, Josh Sargent and the West Ham defeat“. Norfolk Live (2022-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.