Julia Boserup (talaffuzi: Juliya Boserup; 9-sentyabr, 1991-yilda tugʻilgan) — daniyalik, amerikalik nafaqaga chiqqan tennischi.

Julia Boserup
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Istiqomat joyi Newport Beach, Kaliforniya
Tugʻilishi 9-sentyabr 1991-yil (1991-09-09) (32 yosh)
Santa Monica, Kaliforniya
Boʻyi 1.81 m (5 ft 11 in) sm
Professionallik 2006
Faoliyati tugashi 2019
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl (ikki qoʻl)
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $$663,898
Yakkalik bahslar
Rekordi 212–218
Jami titullari 3 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi 80-son (2017-yil 26-iyun)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 2R
French Open 1R
Wimbledon 3R
US Open 1R
Juftlik bahslari
Rekordi 48–70
Jami titullari 1 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi 218-son (2017-yil 23-oktabr)

Boserup olti yoshida tennis oʻynashni Daniyadan boʻlgan onasi uni guruh tennis darslariga yozganida boshlagan. U oʻrta maktab darajasini uyda taʼlim olib tugatgach, bu unga 2006-yilda boshlangan tennis faoliyatiga koʻproq vaqt ajratishga imkon bergan[1].

2017-yilda u WTA yakkalik bahslarida jahon reytingida 80-oʻrinni egallagan[2], juftliklar boʻyicha esa 218-oʻrinni egallagan[3][4].

Biroq, u jarohatlari tufayli 2019-yil may oyida u nafaqaga chiqishini eʼlon qilgan[5].

Yoshligidagi yutuqlari tahrir

Boserup 2008-yilda final oʻyinida amerikalik Christina McHaleni uch setda ortda qoldirib, USTA Orange Bowl sovrinini qoʻlga kiritdi[6].

Professional jamoalardagi faoliyati tahrir

Boserup 2016-yilgi Wimbledon chempionatining uchinchi bosqichiga chiqqan va 2017-yilgi Avstraliya ochiq chempionatining birinchi bosqichida Fransiya Ochiq chempionati chempioni Francheska Schiavoneni magʻlub etgan. 2014-yilda Julia Mexiconing Monterrey shahrida boʻlib oʻtgan WTA Tour turnirida dunyoning 24-raqamli tennischisi Kirsten Flipkensni birinchi raunddayoq magʻlub etib, chorak finalga chiqqan[7].

Oʻzining professional jamoalardagi faoliyati davomida Boserup asosan ITF ayollar davrasida qatnashgan va u yerda uchta yakkalik, bir juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan. Saralashdan soʻng, Boserup 2016-yilgi Wimbeldon chempionatida „Katta Dubulgʻa“ning asosiy toʻr bahsida debyut qilgan va u yerda birinchi raundda Tatjana Mariani magʻlub etgan. Ikkinchi raundda u Belinda Bencicni ikkinchi marta magʻlub etgan va Elena Vesnina bilan oʻyinda magʻlub boʻlgan. 2011-yilda u birinchi bosqichda Elitsa Kostovaga yutqazib, US Open turniriga yoʻllanma olgan. 2012-yil boshida u Avstraliya Ochiq chempionatiga yoʻllanma olgan va saralashning uchinchi bosqichida magʻlub boʻlgunga qadar ikkita oʻyinda gʻalaba qozongan[8].

ITF finali statistikasi tahrir

Yakkalik: 6 (3-3) tahrir

Turnir
100 000 dollarlik turnirlar
75 000 dollarlik turnirlar
50 000 dollarlik turnirlar
25 000 dollarlik turnirlar
10 000 dollarlik turnirlar
Natija Sana Turnir Maydon turi Hisob
Ikkinchi oʻrin egasi 1. 2011-yil 10-iyul Waterloo Challenger, Kanada Loy maydon 3-6, 6-4, 4-6
Gʻolib 1. 2011-yil 13-sentyabr ITF Redding, AQSH Qattiq maydon 6-4, 2-6, 6-3
Ikkinchi oʻrin egasi 2. 2011-yil 30-oktyabr Saguenay Challenger, Kanada Qattiq maydon 6-7, 3-6
Gʻolib 2. 2012-yil 30-yanvar ITF Rancho Santa Fe, AQSH Qattiq maydon 6-0, 6-3
Ikkinchi oʻrin egasi 3. 2014-yil 13-iyul Sakramento Challenger, AQSH Qattiq maydon 2-6, 5-7
Gʻolib 3. 2015-yil 11-may ITF Raleigh, Amerika Qoʻshma Shtatlari Loy maydon 6-3, 6-2

Juftlik: 4 (1-3) tahrir

Turnir
100 000 dollarlik turnirlar
75 000 dollarlik turnirlar
50 000 dollarlik turnirlar
25 000 dollarlik turnirlar
10 000 dollarlik turnirlar
Natija Sana Turnir Maydon turi Raqib Hisob
Ikkinchi oʻrin egasi 1. 2009 ITF Kanzas, AQSH Qattiq maydon Laura Granville 0-6, 3-6
Ikkinchi oʻrin egasi 2. 2010 ITF Feniks, AQSH Qattiq maydon Sloane Stephens 5-7, 4-6
Ikkinchi oʻrin egasi 3. 2013 ITF Captiva oroli, AQSH Qattiq maydon Alexandra Mueller 1-6, 2-6
Gʻolib 1. 2015 ITF Las-Vegas, AQSH Qattiq maydon Nicole Gibbs 6-3, 6-4

Manbalar tahrir

  1. „Julia Boserup bio“. WTA (official website). Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
  2. „Julia Boserup bio“. WTA. Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
  3. „Julia Boserup's Biography“. WTA. Qaraldi: 2018-yil 13-fevral.
  4. „Julia Boserup's statistics“. Women's Tennis Association.
  5. „Julia Boserup on Twitter“. Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  6. „Bhambri, Boserup win Dunlop Orange Bowl“. United States Tennis Association.
  7. „Julia Boserup“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2016-yil 5-fevral.
  8. „Julia Boserup's activity“. Women's Tennis Association.

Havolalar tahrir