Julie Plec(1972-yil 26-mayda tugʻilgan)[1][2] — amerikalik prodyuser, yozuvchi va rejissyor, u Kevin Uilyamson bilan birgalikda The CW uchun suratga olgan The Vampire Diaries (2009-2017) teleseriali bilan tanilgan. Bundan tashqari The Originals (2013-2018) va Legacies (2018-2022) seriallarida ham ish olib borgan. U shuningdek, cheklangan seriyali Containment (2016) serialini ishlab chiqdi.

Julie Plec

Yoshlik tahrir

Plec 1994-yilda Shimoli-gʻarbiy universitetini tamomlagan[3][4]. U dastlab kino mutaxassisi bo‘lgan, ammo keyin boshqa mutaxassislikni tanlagan[5].

Faoliyati tahrir

"Qichqiriq 2 „ va “Qichqiriq 3 " filmlarida Ues Kreyvenning yordamchisi sifatida ishlagan. Plec 2005-yilda chiqarilgan Kristina Richi, Jessi Eyzenberg, Joshua Jekson va Shennon Elizab ishtirok etgan "Kreyven, laʼnatlangan " filmi ustida ishlagan. Film ishlab chiqarish jarayonida juda koʻp qiyinchiliklarga uchradi va suratga olish toʻxtatildi.

Plec The CW kanali uchun " Vampire Diaries „ nomli teleserialni ishlab chiqdi, serial L.J.Smitning shu nomdagi romanlariga moslashtirilgan[6]. Serial vampir Stefan Salvatore (Pol Wesley) ni sevib qolgan Elena Gilbertning (Nina Dobrev) hayotini tasvirlaydi. Serial shuningdek, Elenaning doʻstlari va Virjiniya shtatidagi xayoliy Mystic Falls shahrining boshqa aholisi hayotini tasvirlaydi. “Vampir kundaliklari" premyerasi 2009-yil 10-sentabrda boʻlib oʻtdi, serial mahalliy va xalqaro hitga aylandi.

 
Julie Plec, Paul Wesley, Nina Dobrev va Ian Somerhalder

2013-yil 11-yanvarda The Vampire Diaries seriali "The Original" deb nomlanganligi eʼlon qilindi. Serial 2013-yil aprel oyida The Vampire Diaries toʻrtinchi mavsumining bir qismi sifatida namoyish etilgan. Koʻp oʻtmay u 2013-14-yilgi mavsumda The Originalsning birinchi mavsumini namoyish etilishi The CW tomonidan qabul qilindi. Jozef Morgan Klaus rolini oʻynadi. Serialda shuningdek, "Vampir kundaliklari" aktyorlari Deniyel Gillies, Kler Xolt va Fib Tonkin va boshqa yangi aktyorlar ishtirok etadi[7]. Serial Kevin Uilyamsonning ishtirokisiz Juli Plec tomonidan loyihalashtirilgan[8]. 2020-yilda uning kompaniyasi My So-Called Company Universal Television bilan shartnoma imzoladi[9].

Manbalar tahrir

  1. „Julie Plec's Tweet“. Twitter.
  2. „Julie Plec's Tweet“. Twitter.
  3. Jester. „C2E2 2001 Report; Interview with Vampire Diaries Executive Producer Julie Plec“. TV for the Rest of Us (2011-yil 21-mart). Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  4. „School of Communication at Northwestern University Annual Report 2008“. Northwestern University. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  5. Bierly. „The Women Who Run TV: Q&A with 'Vampire Diaries' EP Julie Plec“. Entertainment Weekly (2013-yil 31-yanvar). 2014-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  6. „Kevin Williamson Talks Scream 4“. DreadCentral.
  7. „Page not found - TV By The Numbers by zap2it.com“. 2013-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-iyun.
  8. „'Vampire Diaries' Spinoff 'The Originals' in the Works at CW“. Qaraldi: 2013-yil 13-yanvar.
  9. Otterson. „Julie Plec Sets Universal Television Overall Deal“ (en). Variety (2020-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.