Jumaboy jirov (Bozorov Juma boy) (1927.22.10, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston) — qoraqalpoq baxshisi, Nurabulla jirov (1862—1927) maktabining namoyandasi. Oʻzbekiston xalq baxshisi (2000). 1928 y.dan Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli, 1960-y.lardan Shoʻmanay tumanida istiqomat qiladi. Yoshlik davridan baxshilik sanʼatiga qiziqishni unda Abdurasul (Kal bola), Qulamet, Oʻteniyaz kabi atoqli qoraqalpoq jirovlari uygʻotgan. 1948—50-y.lari Yesemurod jirov (1893—1980) ga shogird tushgan. 1950 y.dan mustaqil ijod qiladi. Repertuaridan qoraqalpoq dostonlari ("Koblan", "Sharyar", "Yedige"), toʻlgʻov ("Oʻrmanbet biy") va xalq termalari ("Darkor yigitga", "Shoʻmanay" va b.) oʻrin olgan. Turkmaniston, Qozogʻiston, shuningdek, Germaniyada bir necha bor gastrolda boʻlgan. J. j. haqida "Jirov" kinofilmi (1998) suratga olingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil