Kafolatli toʻlovlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kafolatli toʻlovlar - Oʻzbekiston Respublikasida mehnat qonunchiligiga muvofiq, amalga oshiriladigan pullik toʻlovlar. Bunday toʻlovlar xodim uzrli sabablarga koʻra, oʻz xizmat vazifalarini amalda bajarmagan vaqti uchun toʻlanadi. K.t. xodimlarning moddiy manfaatlarini qoʻriqlash maqsadida, ular davlat, jamiyat yoki ish beruvchiga taalluqli, xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarish uchun jalb etilgan takqdirda oʻrtacha ish haqi oʻrnida; ish haqidan farq qilib, ishning miqdori va sifatiga koʻra emas, balki xodim oʻz huquklari va majburiyatlarini ado etishining moddiy sharti tarzida toʻlanadi. K.t.ning ijtimoiy vazifasi — xodim ishlamagan davrlarda uning turmush darajasi pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida xodimlar tomonidan: a) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (165-modda); b) ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida (166-modda); v) jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (167-modda) beriladigan K.t.ning turlari belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 y. 11 martdagi 133-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorida xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishi bilan bogʻliq K.t.ni berish tarti-bi tasdiqlangan. Ushbu normativ hujjatga muvofiq, "xodim tomonidan davlat va jamoat vazifalarini bajarish" deyilganda saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik huquqlarini bajarish; tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida qatnashish; harbiy burchni ado etish; dastlabki tergov va odil sudlovni amalga oshirishda guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tarikasida chaqirilganda, sud majlislarida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi, xalq maslahatchisi, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etish kabilar; "jamiyat manfaatlariga doyr harakatlar" deyilganda falokat va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, inson hayotini saqlab qolish va b. hollarda tibbiy tekshiruvdan oʻtish, quyish uchun qon topshirish kabilar nazarda tutiladi hamda ushbu vaktlarda ularning oʻrtacha ish haqlari saqlab qolinadi.
Xodim shunday ishlarni bajarganligi vakolatli organning bergan maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi va xodimga unda koʻrsatilgan barcha vaqt uchun oʻrtacha ish haqi miqdorida K.t. beriladi. Xodim tomonidan davlat va jamiyat vazifalarini bajarganlik, jamiyat manfaatlariga doir harakat qilganlik bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar byudjet tashkilotlarida,byudjet hisobidan, xoʻjalik hisobidagi korxonalarda esa soliq summalarini tegishlicha kamaytirish yoʻli bilan qoplanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |