Kafu (portugalcha: Cafu-Markus Evangelista di Moraes) — braziliyalik futbolchi.Braziliya terma jamoasi bilan ikki karra jahon chempioni (1994,2002).2002 va 2006-yilgi jahon chempionatida terma jamoa sardori boʻlgan.Jahon chempionatlarining uchta final oʻyinida yaʼni 1994,1998,2002-yilgi jahon chempionatlarida oʻynagan birinchi va hozircha yagona futbolchi.[1] „San-Paulo“ tarkibida Braziliya chempioni, Libertadores kubogi va 2 karra Qit'alararo kubogi gʻolibi."Milan" bilan ikki karra Italiya chempioni,Yevropa Chempionlar ligasi gʻolibi.1994-yilda Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi.FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.

Tarjimai hol tahrir

Kafu 1970-yil 7-iyunda Braziliyaning San-Paulu shahrida tugʻilgan.Bolaligidayoq yosh futbolchi turli klublar tarkibiga kirishga harakat qilgan, ammo har safar unga rad javobi berilgan.1988-yilda „San-Paulo“ klubi bilan shartnoma imzoladi.1989-yilgi mavsumda milliy chempionatda uchta oʻyin oʻtkazdi.Asta-sekin u asosiy jamoa oʻyinchisiga aylandi va jamoa bilan birga 1991-yilda Braziliya chempionligini qoʻlga kiritishdi.

Braziliya terma jamoasida ilk oʻyinini 1990-yil 12-sentyabrda Ispaniyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi (0:3).1991,1993,1997,1999-yillardagi Amerika kubogida toʻrt bor qatnashgan.Ikki marta Amerika chempioni bir marta esa kumush medal sohibi boʻlishgan.

Milliy terma jamoa bilan 1994-yilgi Jahon chempionatida u Janubiy Amerikaning eng yaxshi oʻng qanot himoyachisi sifatida qatnashib gʻolib boʻldi.1994/95-yilgi mavsumni Kafu Yevropadagi ilk klubi Ispaniyaning „Real Saragosa“ klubida oʻtkazdi va shu yili Yevropa kubok egalari kubogini qoʻlga kiritdi jamoasi bilan.Ispan jamoasida Kafu faqat bir mavsum oʻynadi, keyin Braziliyaning „Palmeyras“ klubiga oʻtdi.

1997-yilining yozida u Italiyaning „Roma“ klubi bilan shartnoma imzoladi.Katta tezligi uchun rimlik muxlislar unga „Pendolino“ deb laqab qoʻyishdi.Buning maʼnosi Italiyada tezyurar poyezdni bildirardi. Katta tezligi uchun rimlik muxlislar unga „Pendolino“ (Italiya tezyurar poyezdining nomi) laqabini berishgan.2000/01-yilgi mavsumda Fabio Kapello murabbiyligidagi „Roma“ Italiya chempioni boʻldi.2002-yil esa Braziliya terma jamoasi bilan Yaponiya va Janubiy Koreyada boʻlgan Jahon chempionatida sardor sifatida boshlab tushdi va Jahon chempioni boʻlishdi.

Oʻng qanot himoyachisi boʻlgan Kafu 2003/04-yilgi mavsumda „Milan“ bilan birga Italiya chempioni va Italiya superkubogi sohibi boʻldi.2004/05-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasining finaliga qadar „Milan“ bilan yetib keldi.Istanbulda kechgan Angliyaning „Liverpul“ klubi bilan boʻlgan dramatik oʻyinda jamoalar 120 daqiqa oʻynashdi va 3:3 hisobdagi natija soʻnggi boʻlib qolgandi.Penaltilar seriyasida esa inglizlarning qoʻli baland keldi.2005/06-yilgi mavsumdan boshlab Kafuga „Milan“ safida ehtiyoj kamayib bordi.2006/07-yilgi mavsumda „Milan“ „Latsio“dan Kafuning nuqtasi uchun Massimo Oddoni sotib oldi.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Alberto Parreyra 2006-yilgi Germaniyada boʻlgan Jahon chempionatida Kafuni asosiy tarkibdan oʻng qanot himoyachisi sifatida tayinladi.Chorak finalda Zidan boshchiligidagi Fransiyadan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng Braziliya futbol jamoatchiligi terma jamoaga yangi murabbiy Dungani qoʻyishdi.U terma jamoani yoshartirish siyosatini qoʻlladi va koʻplab „faxriylar“ni chaqirishni toʻxtatdi.Bular Roberto Karlos, Ronaldo, Dida va Kafu kabi faxriylar edi.Kafu terma jamoa safida Jahon chempionatlarida 20 ta oʻyin oʻtkazib eng koʻp oʻyinlar soni boʻyicha polshalik Gjegoj Lyato bilan 6-7-oʻrinlarni boʻlishib turishadi. Braziliya terma jamoasida 16 yil ichida 142 ta oʻyin oʻtkazib terma jamoa safida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha rekord qoʻydi.[2]

Kafu 2007/08-yilgi mavsumni zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi.Uning tezligi va jismoniy tayyorgarligi Karlo Anchelottini qoniqtirmay qoldi.Mavsum oxirida u futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

2008-yil fevral oyida 37 yoshli braziliyalik futbolchi Kiyevning „Arsenal“ klubida faoliyatini boshlar ekan degan xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar klubning mashhurligini oshirish uchun qilgan PR kompaniyasining bir qismi ekanligi maʼlum boʻldi.Kafuga Vadim Rabinovichning xohishi haqida xabar berilgach Kafu „Hayotimda bundan ham kulguli narsa eshitmaganman“ deb javob qaytardi.[3]

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlar tahrir

"San-Pauli" klubida

  • San-Pauli shtati chempioni-1989,1991,1992.
  • Libertadores kubogi gʻolibi-1992,1993.
  • Qitʼalararo kubogi gʻolibi-1992,1993.
  • Libertadores superkubogi gʻolibi-1993.
  • Rekopa chempioni-1993,1994.

"Real Saragosa" klubida

  • Yevropa kubog egalari kubogi soxibi-1994/95.

"Palmeyras"

  • San-Paulu shtati chempioni-1996.

"Roma"

  • Italiya chempioni-2000/01.
  • Italiya superkubogi soxibi-2001.

"Milan"

  • Italiya chempioni-2003/04.
  • Italiya superkubogi sohibi-2004.
  • Yevropa Chempionlar Ligasi gʻolibi-2006/07.
  • Klublar oʻrtasidagi Jahon chempioni-2007.
  • Yevropa superkubogi sohibi-2003,2007.

Braziliya terma jamoasi

  • Jahon chempioni-1994,2002.
  • Jahon chempionati kumush medali sohibi-1998.
  • Amerika kubogi sohibi-1997,1999.
  • Konfederasiyalar kubogi gʻolibi-1997.
  • Jahon chempionatlari ishtirokchisi-1994,1998,2002,2006.

Shaxsiy yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Помимо Кафу, три раза в составе команд, доходивших до финального матча, были Нилтон Сантос, Карлос Жозе Кастильо (оба — 1950, 1958, 1962, если считать Мараканасо финалом), Пеле (1958, 1962, 1970), Лотар Маттеус, Пьер Литтбарски (оба — 1982, 1986, 1990) и Роналдо (1994, 1998, 2002), но никто из них не сыграл во всех трёх матчах
  2. „Игры и голы за сборную Бразилии (rsssf.com)“. 21-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2015-yil.
  3. Кафу смішно від того, що він поїде грати в київський «Арсенал»… (champion.com.ua)[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка(ukr.)

Havolalar tahrir