Kaktuslar yoki Qumanjir[1] (lotincha: Cactaceae) — kaktusdoshlarga mansub koʻp yillik semiz poyali oʻsimliklar, manzarali va uy oʻsimligi. K. orasida daraxtsimon, butasimon yoki liana shakllari bor. Ahyonda past boʻyli daraxt (Pereskioidae). 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladigan 80 ga yaqin turkumi bor. Ularning deyarli hammasi Amerika (yarmi Meksika)da tarqalgan. Yovvoyi holda tropik va subtropik choʻllarda, dengiz boʻylari, savannalarda oʻsadi. K. bir necha guruhlarga boʻlinadi: opunsiyalar — dumaloq yoki ovalsimon yassi, bir-biriga birikib oʻsgan tanadan iborat; s ye r ye u s -l ar — tanasi yoʻgʻon, ustunsimon, etdor; mamillyariyalar — soʻrgʻichsimon, chiroyli gullaydi; epifillyumlar — poyasi tasmasimon yassi, yirik tisheimon; ripsalislar — juda sershox, xivchinsimon yoki bargsimon koʻrinishdagi butachalar.

Koʻpgina turlari chiroyli gullaydi, jan. mintaqalarda ochiqjoylarda manzarali oʻsimlik, shim. mintaqalarda uy va oranjereyalarda oʻstiriladi. K.ning mevasi va poyasi eti ovqatga ishlatiladi, chorva mollariga ozuqa; oʻtin va yengil qurilish materiali (ayrim turlarining yogʻochlangan poyalari); buta fob (devor) tarzida foydalaniladi. K. urugʻi, qalamchasidan va payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Maysalari urugʻi ekilganidan keyin 3—30 kunda paydo boʻladi, payvandlash may—avg . da oʻtkaziladi. K. erta bahordan kuzgacha (ayrim turlari qishda ham) gullaydi. Qishda K. uyda 8—10° da saqlanadi, kam sugʻoriladi. Yozda K. ekilgan tuvaklar quyosh nuri tushadigan yorugʻ va issiq joylarga koʻchiriladi, tez-tez sugʻoriladi va tanasiga suv purkab ("choʻmiltirib") turish kerak.

Adabiyot tahrir

  • Pajout F., Valnichek 3., Shubin R., Kaktusi. Per.s cheshek. Praga, 1963. Olimjon Alimov.[2]

Manbalar tahrir

  1. https://b-ok.asia/dl/3088529/21c2cb[sayt ishlamaydi] Узбекско-русский словарь, Ташкент, 1941г. Qumanjir bot. kaktus(с.691)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil