Kalba tizmasiOltoyning janubi-gʻarbidagi togʻ tizmasi. Qozogʻistonning Sharqiy Qozogʻiston viloyatida. Uzunligi 400 km. Asosan, past togʻ massivlaridan iborat boʻlib, sharqida bal. 1300—1500 m (eng baland joyi 1608 m), gʻarbida 450—700 m. K.t. paleozoy slanetslari, qumtosh va intruziv jinslardan (asosan, granitlardan) tarkib topgan. Oltin va polimetall ruda konlari bor.

800—1200 m balandlikkacha dasht oʻsimliklari oʻsadi, undan balandda siyrak qaragʻay va qayin-togʻ teragi oʻrmonlari, eng baland choʻqqilarida dasht subalp oʻtloklari mavjud. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil