Kaledon burmalanishi (Shot landiyaning lot. nomi Kaledoniyadan)— erta paleozoy va silur davrlarida sodir boʻlgan tof hosil boʻlish jarayoni. Baʼzi hududlarda devon davrida yakunlangan. K.b. terminini fanga fransuz geologi M. Bertran 1887-yilda kiritgan. K.b. Britaniya o.larining katta qismi, Skandinaviya yarim orolning shim.gʻarbiy qismida, Shpitsbergen o.larida, Osiyoda — Markaziy Qozogʻistonning gʻarbiy qismi, Gʻarbiy Sayan, Togʻli Oltoy, Mongoliya Oltoyi, Jan.-Sharqiy Xitoy, Sharqiy Avstraliyada, Grenlandiyaning shim. va sharqiy qismida, shuningdek, Shim. Appalachi va b. joylarda boʻlib oʻtgan. K.b. choʻkish va koʻtarilish davrlarini oʻz ichiga oladi. K.b.ning eng dastlabki fazasi kembriyning oʻrta va oxiriga, asosiy fazalari esa ordovik oxiri — silur boshi va oxiriga hamda devon boshiga toʻgʻri keladi. Dastlab geosinklinal havzalar paydo boʻlgan. Bu havzalar gilli slanets, grauvakka, spilitdiabaz, diabaz, ohaktosh kabi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Geosinklinal havzalari K.b.ning 2-davrida koʻtarilib, undagi qatlamlar burmalangan va ularning oʻrnida togʻ tizmalari paydo boʻlgan. Yerning geologik rivojlanish tarixini oʻrganishda K.b.ning oʻrni muhim. K.b.ning gersin burmalanishidan farqi koʻplab hududlarda geosinklinal rivojlanishi yakunlanmaganligi, yaqqol ifodalangan old botiklarning yoʻqligi, kechki kaliyli granitlarning kamligi va erta geosinklinal vulkanizm va ofiolitlarning keng tarqalganligidadir. K.b. boʻlgan hududlardan xrom, nikel, oltin, nodir metallar, fosfor konlari koʻp topilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Tektonika Yevrazii, M., 1966; Pronin A. A., Kaledonskiy sikl tektonicheskoy istorii Zemli, L., 1969.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil