Kallapoʻsh
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kallapoʻsh, Koʻk kallapoʻsh — ertapishar qovun navi. Shakli sal yalpoq, uz. 15—21 sm, ogʻirligi 2,5—3,5 kg . Sirti tilim-tilim, tilimlari orasidagi yoʻllari uncha botiq emas. Rangi OK.ISH yashil, yashil xollari bor; poʻstining qattiqligi oʻrtacha. Etining qalinligi 5—5,5 sm, tigʻiz, xushtaʼm, shirin. Tarkibida 6,2—8,6% qand, shu jumladan, 2,6—5,2% saharoza, 8,1 — 11,4% quruq modda mavjud. Urugʻlari butun urugʻxonani toʻlatib turadi. Urugʻidan unib chiqqandan keyin hosili 70—75 kunda pishadi. Quritilganda koʻp qoqi tushadi, qoqisi yuqori sifatli boʻladi. Hosildorligi 180—250 s/ga. Za-rafshon vodiysida keng tarqalgan. Xorazm, Samarkand, Surxondaryo viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |