Kambalasimonlar (Pleuronecti-formes) — suyakli baliqlar turkumi. Voyaga yetgan davrida tanasi asimmetrik siqilgan, yapaloq boʻladi. Uzunligi 6 sm dan 4,7 m gacha, vazni bir necha g dan 330 kg gacha. Jabra pardasi 6—7 nurli. Suzgich pufagi boʻlmaydi, suzgich qanotlarida tikanlari, odatda, rivojlanmagan, qorin suzgichlari 5—6 nurli, tangachalari sikloid yoki ktenoid tipda. Ikkala koʻzi ham boshining bir tomonida; bosh suyagi, juft suzgichlari, ogʻzi, nerv va ichki organlari asimmetrik tuzilgan. 7 oila (jumladan, kambalalar, botussimonlar, dengiz tillari va b.), 500 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Arktikadan subantarktikagacha boʻlgan barcha dengizlarda tarqalgan. Dengizning sayoz qismida suv tubida yashaydi. Zoobentos bilan oziqlanadi. Yirik turlari, mas, paltuslar va 6. yirtqich (baliklarni yeydi) ovlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil