Kamfora (Camphora), kamfara, C10H16O, — oʻziga xos hidli, rangsiz kristall, suyuqlanish temperaturasi 179°. K. tabiatda keng tarqalgan, koʻpgina efir moylari (mas, kamfora moyi) tarkibiga kiradi. K. — nitrat va atsetat sellyuloza plastifikatori (selluloid va kinoplenkalar ishlab chiqarishda), tutunsiz porox flegmatizatori; nerv faoliyati stimulyatorlari jumlasiga kiradi. Tibbiyotda kamfora daraxtilai olinadigan sof K. yoki oqqaragʻay moyidan olinadigan K. ishlatiladi. Yurak-tomir va markaziy nerv sistemasi faoliyati, nafas susayganda, kol-lapepa., krupoz pnevmoniya va b. yuqumli kasalliklarda, narkotiklar va uyku dorilaridan zaharlanganda moyli eritmasi teri ostiga yuboriladi, issiq tushirish, balgʻam koʻchirish maqsadida poroshogi ichiriladi; saramas, parotit va b.ni davolashda antiseptik va ogʻriq qoldiruvchi modda sifatida (mazi) surtiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil