Kamoliddin Murzoyev Abdusalomovich (1987-yil 17-fevral, Bekobod) – Oʻzbekiston sobiq futbolchisi, Oʻzbekiston Futbolchilar Uyushmasi rahbari[1].

Kamoliddin Murzoyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kamoliddin Abdusalomovich Murzoyev
Tavallud sanasi 17-fevral 1987-yil (1987-02-17) (37 yosh)
Tavallud joyi Bekobod, USSR, SSSR
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2006 Metallurg Bekobod 32 (20)
2006-2008 Mashʼal Mubarak 45 (31)
2007Dynamo-2 Kyiv (loan) 9 (1)
2009 Nasaf Qarshi 17 (12)
2009 Bunyodkor 5 (4)
2010 Nasaf Qarshi 24 (5)
2011-2013 Bunyodkor 46 (8)
2013-2014 Irtish Pavlodar 12 (4)
2014 Shakhter Karagandy 22 (0)
2015 AGMK 12 (3)
2015 Dinamo Samarqand 13 (8)
2016 Buxoro 12 (0)
2017-2018 AGMK 32 (3)
Total 281 (99)
Milliy terma jamoa
2006—2013 Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-may uchun)

Faoliyati tahrir

Murzoyevning futbolchilik faoliyati 2004-yilda „Metallurg“ (Bekobod) klubida boshlangan boʻlib, u ikki yil davomida oʻynagan. Futbolchi 2006—2008-yillarda „Mash’al“ (Muborak) safida toʻp surgan, keyin esa Qarshining „Nasaf“ jamoasiga oʻtgan.

2009-yilgi Oʻzbekiston chempionatining 1-turidan soʻng Murzoyev Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi qarorgohiga koʻchib oʻtgan. 2010-yilni „Nasaf“da oʻtkazgan va shundan soʻng Oʻzbekiston poytaxtiga qaytgan.

2013-yilda Murzoyev „Irtish Pavlodar“ bilan shartnoma imzolagan. Ammo 2014-yilning fevral oyida u klub rahbariyatining tenge devalvatsiyasi munosabati bilan maoshni oshirishdan bosh tortgani uchun jamoani tark etgan[2].

Faoliyatining qozogʻistondagi davri yakunlangach, unga Oʻzbekiston Oliy ligasining „Shoʻrtan“ va „Olmaliq“ jamoalaridan taklif tushgan. Natijada futbolchi Olmaliqni tanlagan va 2015- yilning fevralida u bilan shartnoma imzolagan[3]. Murzoyev birinchi davrada eng yuqori koʻrsatkich koʻrsatmagan, olmaliqliklar murabbiylar shtabi qalbida ishonch uygʻota olmagach, mavsumning birinchi qismi yakunlangach, klub futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgan[4].

2015-yilning avgust oyida Murzoyev elitadan tushib ketish arafasida turgan Samarqandning "Dinamo" klubi bilan shartnoma imzolagan[5]. Ushbu jamoada oʻtkazgan davr mobaynida futbolchi oʻz faoliyatida kichik uygʻonish davrini boshdan kechirgan. 2015-yilning oktabr oyida Murzoyev hatto Oʻzbekiston Professional futbol ligasi[6] hamda Samarqand klubi[7] talqiniga koʻra sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Mavsum oxirida „Dinamo“ oliy divizionni tark etgan va shu bilan birga futbolchining oʻzi ham jamoa bilan shartnomani toʻxtatgan. Biroq, vaziyatlarning bunday kombinatsiyasi va klubga nisbatan kam xizmat koʻrsatganiga qaramay, futbolchi Samarqandning „Dinamo“ klubining yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻlgan[8].

2016-yil yanvar oyida u Malayziya Superligasining PKNS klubida koʻrikdan oʻtgan[9]. Futbolchi klub rahbariyati bilan kelishuvga erishgan va hatto bir yillik shartnoma imzolangan. Biroq, bir muncha vaqt oʻtgach, bu shartnoma bekor qilingan[10]. Futbolchining oʻziga koʻra, shartnomaning bekor qilinishiga quyidagi holat sabab boʻlgan. Futbol agentlaridan biri klub bosh murabbiyi va futbolchilari bilan uchrashuvda Murzoyevga nisbatan notoʻgʻri salbiy taʼriflar tarqatgan va bu oʻz navbatida Malayziya klubi bilan hamkorlikni toʻxtatishiga sabab boʻlgan. Taxminlarga koʻra, Murzoyevning vatandoshi boʻlgan agent oʻz mijozlarini Malayziyadagi futbol klublariga ishga olish va targʻib qilish niyatida boʻlgan[11]. Shunga qaramay, PKNS oʻyinchiga shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun tovon puli toʻlaganini taʼkidlab oʻtilgan. 2016-yilning fevral oyida u „Buxoro“ bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlari tahrir

Bunyodkor

Statistika tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kuboklar Qitʼa Boshqa Jami
Musobaqa Oʻyin Gol Musobaqa Oʻyin Gol Musobaqa Oʻyin Gol Musobaqa Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Bunyodkor 2012-yil Oʻzbekiston chempionati 22 2 Oʻzbekiston kubogi 6 1 Chempionlar ligasi 11 3 - - - 39 6
2013-yil Oʻzbekiston chempionati 8 3 Oʻzbekiston kubogi 0 0 Chempionlar ligasi 7 1 - - - 15 4
Jami 30 5 6 1 18 4 - - 54 10
Irtish (Pavlodar) 2013-yil Qozogʻizston chempionati 10 2 Qozogʻiston kubogi 0 0 Yevropa ligasi 4 1 - - - 14 3
Jami 10 2 0 0 4 1 - - 14 3
Konchi (Qaragʻanda) 2014-yil Qozogʻizston chempionati 14 0 Qozogʻiston kubogi 1 1 Yevropa ligasi 4 0 1 0 20 1
Jami 14 0 1 1 4 0 1 0 20 1
Karyerad jami 54 7 7 2 26 5 1 0 88 14

Milliy terma jamoa uchun oʻyinlar tahrir

Milliy terma jamoa uchun oʻyinlari
milliy terma jamoa Yil Jahon chempionati saralash oʻyinlari Jahon chempionati finallari Osiyo kubogi saralash bosqichi Osiyo Kubogi final oʻyinlari Oʻrtoqlik oʻyinlari Jami
Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol
Oʻzbekiston 2009 1 0 1 0
2010
2011 1 0 1 0
Karyerada jami 0 0 0 0 0 0 0 0 2 0 2 0

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir