Kampirtepa — qad. shahar harobasi (mil.av. 3mil. Z-a.). Amudaryoning oʻng sohilida, Surxondaryo viloyatidagi Shoʻrob qishlogʻidan 0,5 km gʻarbda joylashgan. K. 2 qism; qalʼa va undan gʻarb va sharq tomonda joylashgan, atrofi devor bilan oʻralmagan qismdan iborat. Gʻarbdan sharqqa tomon umumiy uz. 750 m, shim. dan jan.ga —200-250 m. Qalʼa (mayd. 4 ga) ark va turar joylardan tashkil topgan. Uning atrofi qalinligi 5 m keladigan mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan; devorga ichki yoʻlaklar qilingan, burchaklarida minoralar oʻrnatilgan boʻlib, xandaq bilan oʻralgan. Ark qalʼaning markaziy qismida joylashgan, jan. tomondan uning bir kismini suv yuvib ketgan. Arkning mayd. — 1, 3 ga, jan.-sharqiy burchagida darvozasi boʻlgan. Ark xom gʻishtdan qalinligi 5 m ga yaqin devor bilan qurshalgan. Devor atrofi kengligi 10 m lik xandaq bilan oʻrab olingan. Arkning ichki qismida turli maqsadlar uchun moʻljallangan xonalar joylashib, ular oʻzaro yoʻlaklar bilan bogʻlangan 4 ta yirik blokni tashkil qiladi. K.ning mustahkamlan-magan qismi, asosan, dafn inshootlari majmuasi bilan band. Uning shim. gʻarbiy qismida, 0,5 ga lik maydonda naus tipidagi 10 dafn inshooti joylashgan boʻlib, ular hajmi 33—34—35 X 33—34—35 X 13—14 sm lik kvadrat shakldagi xom gʻishtdan terilgan. Shar-qiy qismda yana bir dafn inshooti boʻlib, uning tarhi toʻrtburchak, shim.dan jan.ga tomon choʻzilib, uz. 66,5 m, kengligi 3—4,2 m boʻlib, bir-biridan yoʻlaklar bilan ajratilgan uchta binodan iborat. K.ning mana shu qismidan tarhi aylana shaklda boʻlgan xumdon topilgan. K.dagi hayot uchta asosiy davrga boʻlinadi: B i r i n ch i davr (mil.av. 3—2-asrlar) — K.ning jan. qismida, boʻlajak ark oʻrnida qalʼaning vujudga kelishi; Yunon-Baqtriya podsholigi davriga oid turar joilarning katta qismini Amudaryo suvi yuvib ketgan. Ikkinchi davr (mil. av. 2— 1-asrlar) — ark oʻrnida hayot qisman jonlana boshlagan. Uchinchi davr (mil. 12-asrlar) — K.ning yuksalgan davri, mustahkam qalʼa bunyod etilishi, uning tizimining shakllanishi. K.dan koʻplab sopol idishlar, bezak buyumlari, haykalchalar va b. topilgan.

Oʻrganilishi tahrir

Qal’ani 1972-yilda sovet olimi Edvard Rtveladze Shimoliy Baqtriya hududida olib borilgan razvedka marshrutini oʻrganish natijasida kashf etgan[1]. Dastlab, Kampirtepa Amudaryoning eng muhim chorrahasida paydo boʻlgan kichik qoʻrgʻon shahar boʻlib hisoblangan[1]. Aholi punktining vizual rejasi tuzilgan. Arxeologik va numizmatik maʼlumotlarga koʻra, Kampirtepaning mavjudligi miloddan avvalgi IV asr oxirlarida aniqlangan. 1977-yilda Kampirtepa Shokir Pidayev boshchiligida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti ishchi guruhi tomonidan tekshirilgan. Qal’adagi madaniy qatlamning qalinligi aniqlanganda — 10 metr ekanligi qayd eti;gan. 1979-yilda Edvard Rtveladze boshchiligida qal’aning gʻarbiy qismida naussni (dafn inshootlari) qazish ishlari olib borilgan. 1982-yilda Edvard Rtveladze boshchiligidagi Oʻzbekiston sanʼat tarixi majmui ekspeditsiyasi (OʻzISKE) ishchi guruhi Kampirtepaning statsionar qazish ishlarini boshlagan, ular boshlagan ish 1991-yil boshlarigacha olib borilgan, bu qazilmalar asosan shaharning maketini aniqlashga qaratilgan edi. I asrning oʻrtalari — II asrning birinchi choragiga toʻgʻri keladigan yuqori qurilish gorizonti boʻyicha aholi punktlari aniqlangan. 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Sanʼat tarixi ilmiy-tadqiqot instituti Edvard Rtveladze boshchiligida mustaqil Toxariston arxeologik ekspeditsiyasini tuzishga qaror qilgan, uning asosiy tadqiqot yoʻnalishi Shimoliy-Gʻarbiy Baqtriya arxeologik yodgorliklarini oʻrganishdan iborat boʻlgan. Tayanch obyekt sifatida qadimiy Kampirtepa manzilgohi tanlangan. Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyi Markaziy Osiyo arxeologik ekspeditsiyasining Tigran Mkrtichev boshchiligidagi bir guruh arxeologlari, 2004-yildan hozirgi kungacha Oʻrta Osiyo arxeologiya qoʻmitasining Baqtriya otryadi tadqiqotda qatnashgan. Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Nigora Dvurechenskaya boshchiligidagi ekspeditsiyasi, 1999—2006-yillarda asosiy ishni „quyi shahar“ hududini tekshirishdan boshlagan. 2007-yildan boshlab, qal’aning shimoliy qismidagi turar-joy binolarini qazish bilan bir qatorda, qal’aning janubi-sharqiy qismidagi madaniy qatlamlarni muntazam ravishda qazish ishlari ham olib borilgan. 2006—2010-yillarda turar-joy qal’asining janubi-sharqiy qismida stratigrafik qazish ishlari olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida Kampirtepa yodgorligining xronologik chegaralari aniqlangan. 2018-yilga kelib, yodgorlik butun maydonining 80 foizida toʻliq qazishma ishlari olib borilgan va oʻrganilgan[1][2].

Adabiyot tahrir

  • Rtveladze E., Velikiy shelko-viy put, T., 1999; Surxondaryo, Albom, T., 1996.[3]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Болелов 2018.
  2. Болелов С. Б. Производственный центр эпохи эллинизма на цитадели Кампыртепа // Материалы Тохаристанстанской экспедиции : Сборник статей / Под ред. академика АН РУз Э. В. Ртвеладзе. — Елец: Елецкий государственный университет им. И.А. Бунина, 2011. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — ISBN 978-5-94809-515-8.[sayt ishlamaydi]
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil