Kandak — oʻrta asrlarda Nasafdan Termizga boradigan karvon yoʻlida joylashgan shaharcha. K. haqida ilk.bor Tabariy maʼlumot bergan. 751—752-yillarda Kesh shohi Ixshid bu yerda Abu Dovud Xolid ibn Ibrohim boshchiligidagi arab qoʻshinlariga qurolli qarshilik koʻrsatgan. "K." atamasi "kand" sugʻdiycha "kat"ning turkiycha shakli boʻlib "qalʼa" yoxud "kichik shahar" maʼnosini beradi. E. V. Rtveladzening fikricha, K. hozirgi Oqrabot oʻrnida boʻlgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda u karvon yoʻlida joylashgan muhim strategik punkt hisoblangan. 16-asrda uning oʻrnida katta karvonsaroy boʻlgan, 20-asr boshida — burchaklarida minoralari boʻlgan qalʼa. K.dan 10— 11-asrlarga oid sopol buyumlar topilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil