Kaneydian, Kaneydian-River (inglizcha: Canadian River) — AQShdagi daryo, Arkanzas daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 1500 km chamasida, havzasining mayd. 124 ming km2. Sangrede-Kristo tizmasi (Qoyali togʻlar) yon bagʻirlaridan boshlanib, Buyuk va Markaziy tekisliklardan oqadi. Suv sarfi keskin oʻzgarib turadi. Bahor oylarida daryo toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 200 m3/sek. Sugʻorishda foydalaniladi. K. irmogʻi — Nort-Kaneydian daryosi boʻyida Oklaxoma-Siti sh. joylashgan.[1]

Kaneydian
Tavsif
Uzunligi 1 458
Suv sarfi 200 m³/s
Joylashuvi
Davlat AQSh
Kaneydian

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil