Kanifol (Kichik Osiyodagi Kolofon sh. nomidan olingan) — ignabargli daraxtlarning qattiq smolasimon tarkibiy qismi. Moʻrt, shishasimon, och sariq rangdan toʻq jigarranggacha boʻlgan shaffof smola. Suyuqlanish temperaturasi 100—140°, qaynash temperaturasi 250°, yumshash temperaturasi 40—75°, kristallanish temperaturasi 95-110°, zichligi 1,07—1,09 g/sm3. Tarkibida 60—92% smolasimon kislotalar (asosan, abiyetin kislota), 0,5— 12% toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalar, 8—20% neytral moddalar (seskvidivatriterpenoidlar) boʻladi. Mineral va organik asoslar taʼsirida tuzlar (kanifol sovun), mas, C|9H2,COONa hosil qiladi. Spirtlar bilan (koʻp atomlilari bilan osonroq) kanifol efirlarini beradi. K.ni metallarning oksidlari (ZnO,CaO, A12O3, VaO va b.) bilan qoʻshib qizdirilsa, sikkativ sifatida qoʻllaniladigan rezinatlar hosil boʻladi. Kislorod taʼsirida oson oksidlanadi. K. sintetik kauchuk, lateks, bitum emulsiyalari i.ch.da emulgator, yelim komponenti, sovun i.ch.da yogʻlarga qoʻshimcha (10% gacha) sifatida qoʻllaniladi. Kalsiyli, ruxli, alyuminiyli, marganetsli va kobaltli tuzlari — sikkativlar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil