Kaolinlanish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kaolinlanish — gilli minerallar (asosan, dala shpatlari va slyudalar)ning oʻzgarishi hisobiga kaolin yuzaga kelgan holda togʻ jinslarining oʻzgarishi. K. 2 xil sharoitda: alyumosilikatlarga boy magmatik va metamorfik jinslarning nurashi (ekzogen) va past temperaturali gidrotermal suvlarning alyumosilikatlarga taʼsir qilishi (endogen) yoʻli bilan sodir boʻladi. Ekzogen K. Yer tarixining toshkoʻmir, yura va uchlamchi davrlarida nam, subtropik iqlim sharoitlarida yuz bergan. K. natijasida paydo boʻlgan kaolinitning asosiy konlari ham shu davrga xos. Endogen K.da kaolinit alyumosilikatlar va b. minerallarning oʻrnini egallab, ularning shakli va qiyofasiga oʻtib, psevdomorfozalar hosil qiladi. Bu jarayon koʻproq rudali konlar atrofidagi togʻ jinslari orasida boʻladi. K. jarayoni oltingugurtli, karbonat angidridli va galoidli eritmalar hamda guminli kislotalar katnashuvi natijasida yuz beradi. Oʻzbekistonda K. juda keng tarqalgan, ayniqsa, rudali konlar atrofidagi togʻ jinslarining oʻzgarishi bilan bogʻliq holda koʻp kuzatiladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |