Kaprichchio, kapris (ital. capriccio — injiqlik) — erkin shakldagi, ohanglari toʻsatdan oʻzgaradigan virtuoz uslubidagi cholgʻu musiqa asari (N. Paganinining yakka skripka uchun "24 K." va b.). 16-asr oxiri — 17-asr boshida polifonik musika asari sifatida paydo boʻlgan. Koʻp K.lar xalq kuylariga asoslanadi (mas, N. Rimskiy-Korsakovning "Ispancha K."si, P. Chaykovskiyning "Italyancha K."si, K. Sen-Sansning "Arabcha K.si" va b.). Oʻzbekiston kompozitorlaridan M. Bafoyev "Xorazmcha K.", T. Qurbonov "M. Ashrafiy xotirasiga K.", A. Ergashev "Sharqona K." yaratgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil