Karagodeuashx
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karagodeuashx - sind-meot qabilasi boshligʻi dafn etilgan mozorqoʻrgʻon (mil. av. 4—3-asrlar). Krasnodar oʻlkasining Qrim st-yasi yaqinida joylashgan. Ye. D. Felitsin tomonidan qazilgan (1888). Mozorqoʻrgʻon tagidan yopiq yoʻlak (dromos)lari boʻlgan 2 dafn xonasi topilgan. Birinchi, asosiy xonadan erkak kishining skeleti, bosh kiyimiga tegishli oltin taqinchoq, boʻyniga taqilgan oltin gardish chiqqan; mayyit yoniga oltindan zeb berilgan qurolaslaha, jez va kumushdan ishlangan idishlar qoʻyilgan. Ikkinchi xona boʻsh boʻlgan, biroq xonaga eltuvchi yopiq yoʻlakdan dafn aravasi krldiqlari bilan bir qancha otlarning skeletlari, oltin va kumush taqinchoqlar bilan bezatilgan hashamatli marosim libosida dafn etilgan yosh ayolning qabri, shuningdek, qurbonlik marosimidan qolgan boshqa narsalar topilgan. K. Quyi Dnepr boʻyidagi skif podshoh mozorqoʻrgʻonlariga yaqin turadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |