Kardanli mexanizm - birbiriga nisbatan oʻzgaruvchan burchak ostida joylashgan ikki valning aylani-shini taʼminlaydigan mexanizm. Italiyalik olim J. Kardano nomi bilan atalgan. Bikr (qattiq) va elastik (qayishqoq), sinxron va asinxron xillari bor. Bikr K. m.da vallar zvenolari qoʻzgʻaluvchan qilib biriktirilganligi uchun aylanadi; elastik K. m.da vallar maxsus elementlari elastik holatga ega boʻlgani uchun aylanadi; sinxron K. m.da vallar oʻzgarmas tezlikda; asinxron K. m.da vallar oʻzgaruvchan tezlikda aylanadi. Vallari oʻq boʻylab suriladigan K. m. ham boʻladi. Transport mashinalarning kardanli uzatmalarida stanoklar, asboblar va b.da qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil