Karina Cyfka (qizlik familyasi: Szczepkowska; 1987-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — polshalik shaxmatchi. FIDE yosh shaxmatchiga 2010-yil yanvar oyida ayol grossmeyster[1] va 2016-yil sentyabr oyida xalqaro usta shaxmatchi unvonlarini berdi[2].

Karina Cyfka

Faoliyati tahrir

Karina Cyfka shuningdek, Karina Szczepkowska-Horowska nomi bilan ham tanilgan. U 2003-yilda u 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar toifasida shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida rossiyalik Polina Malysheva bilan tenglashib, tay-breykda kumush medalni qo‘lga kiritdi[3]. Cyfka Polsha oʻsmirlar chempionatida koʻp karra sovrindor boʻlgan va 2020-yilda Polsha ayollar chempionatida gʻolib chiqqan[4].

U Polsha terma jamoasi safida ayollar shaxmat olimpiadasida, shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jamoaviy jahon chempionatida[5] va ayollar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Yevropa jamoaviy chempionatida faol ishtirok etgan. Keyinchalik esa, 2016-yilda Cyfka Ozarbayjonning Boku shaxrida boʻlib oʻtgan 42-shaxmat Olimpiadasida ayollar bahsida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi, bu esa uning yuqori natijalaridan biri edi. Ushbu musobaqada Polsha ikkinchi oʻrinni egalladi va u uchinchi stolda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Koʻplab shu kabi oʻyinlarda Karina katta jasorat koʻrsatib, oʻz terma jamosiga yuqori oʻrinlarni olib keldi[6]. U shaxsiy hayoti haqida juda kam gapiradi, lekin u doim yaqinlari bilan vaqt oʻtkazishni yaxshi koʻradi. Shaxmat shaxsiy hayotining ajralmas bir boʻlagiga aylangani uchun kundalik faoliyatida shaxmat bilan hobbisi kabi mashgʻulot qiladi. Bu esa unga katta zavq beradi.

Manbalar tahrir

  1. „FIDE Titles Awarded at the Bursa Presidential Board 1/2010“. FIDE (2010-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
  2. „List of titles approved by General Assembly in Baku, Azerbaijan“. FIDE (2016-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
  3. „Final Standings – Girls Under 16“. World Youth Championships 2003. chess.gr. 2012-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
  4. Besenthal. „Karina Cyfka is Polish Women's Champion!“. ChessBase (2020-yil 13-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-noyabr.
  5. „World Women's Team Championship in Ningbo“. ChessBase (2009-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 2-noyabr.
  6. „USA and China take gold in Baku Chess Olympiad“. Chessdom (2016-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 16-aprel.