Karkidon
Karkidon (ruscha: Каркидан) – Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Chust tumaniga qarashli shaharcha 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].
Shahar | |
41°04′25″N 71°12′23″E / 41.07361°N 71.20639°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Chust tumani |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Tarixdan maʼlumki, joy nomlari toponimikasida asosan mahalliy aholining urugʻi, qabilasi nomidan yoki qiladigan ish faoliyatidan kelib chiqib nomlangan. Karkidon qishlogʻida ham aholining asosiy qismini oʻzbeklar va ozroq qismini qirgʻiz, qipchoqlar tashkil qiladi. Karkidon qadim tarixga ega qishloq boʻlib, bir qator jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, qishloqning tabiiy geografik sharoiti, aholisining qadimdan oʻtroq turmush tarzini kechirganligi, dexqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanib kelganligini taʼkidlash mumkin. [2]
Tadqiqotchi V. P. Nalivkinning yozishicha, Fargʻona vodiysida qadimdan oʻzbeklarning ming, yuz, qirq, kerki, qipchoq va boshqa urugʻlarning yashab kelganligini taʼkidlaydi. Shundan kelib chiqib „Karkidon“ nomi va aholisini „kerki“ urugʻiga bogʻlash ham mumkin.
Karkidon soʻzining lugʻaviy maʼnosi – „Kar“ toponimining oʻzagi Hind-yevropa tillariga mansub boʻlib „shahar, qoʻrgʻon, uya, atrofi oʻralgan joy“ degan maʼnolarni bildiradi. „Ki“ oʻzagi esa „koʻk“, „togʻ“, „tepa“ degan maʼnolarni bildiradi. „Don“ qoʻshimchasi esa „joy“, „makon“ maʼnolarini bildirib, „don yetishtiruvchilar qoʻrgʻoni“ degan maʼnoni bildirgan.
Yana bir manbada Karkidon qishlogʻiga Arabistonning Kark degan joyidan (hozirda Iroqdagi shahar) qabilalar koʻchib kelganligini taʼkidlash mumkin. „Kark“dan koʻchib kelgan qabilalar hozirgi Karkidon qishlogʻining shimoliy – sharqiy qismiga kelib joylashganligi ular asosan dexqonchilik bilan shugʻullanganliklari va qishloqning yuqori qismida uy joy qurib yashaganliklari qishloq nomini esa „Karki“ yoki „Karki yurtidan koʻchib kelganlar“, „Karkidan kelganlar“ yashaydigan joy deb atashgani ham rivoyat qilinadi. Karkidan kelganlar asosan dexqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanganlar.
Suv tanqisligi, qurgʻoqchilik boʻlganda ham Karkidon hududida yer ostidan chiqadigan suv bulogʻi toʻxtamagan va soy suvi qishloq boʻylab oqqan bu yerda dexqonchilik, bogʻdorchilik uchun yer unumdor boʻlgan. Aholi dexqonchilikda asosan tariq, bugʻdoy, arpa yetishtirish bilan shugʻullangan. Karkidon hududidagi suvga boy, unumdor yerlar daragini bilganlar boshqa joylardan kelib bu yerdagi donni koʻrib xayratlanib bu yer Karkidon ekan yaʼni „donga boy joy“ deb ataganlar.
Karkidon soʻzining yana bir lugʻaviy maʼnosi forsiycha „Korki“ - „ishlov beruvchilar“ va „don“ – „joy“, „makon“ maʼnosini bildirib „donga ishlov beruvchilar joyi“ yoki „don yetishtiruvchilar makoni“, „don yetishtiriladigan joy“ degan maʼnoda ham uchraydi.
Demak „Karkidon“ – „tepadagi qishloq“, „tepadagi joy, makon“, „tepadagi qoʻrgʻon“ maʼnosida yoki „don yetishtiruvchilar qoʻrgʻoni“ kabi maʼnolarni bildirganligini koʻrish mumkin.
Yana bir ma'lumotda Karkidon hududini “Kark”dan ko‘chib kelgan 4 ta aka-uka kelib, 4-qismga bo‘lib olishgani haqida rivoyat qilinadi. Bular:
1. Boqi – Bog‘ormos mahalla.
2. Yurti – Yutmos mahalla.
3. Jo‘qi – Ko‘k tosh mahalla.
4. Dodi – Laylak uya mahalla.
Hozirgi kunda Karkidon qishlog‘ida yuqoridagi nomdagi mahallalar mavjud. Quyida ushbu mahallalar haqida qichqacha ma'lumot berib o‘tamiz.
Ko‘ktosh – Ko‘k rangdagi marmar tosh. Xalq orasida mazkur marmarning ust qismidagi chuqurchaga suv quyib ichilsa, ko‘k yo‘talga da'vo bo‘ladi degan tushuncha mavjud. Bunday toshlar boshqa tumanlarda ham bor va xalq orasida ularni shifobaxsh deb biladilar.
Mahallada haqiqatdan ham 3 ta katta ko‘ktosh mavjud bo‘lib, qishloq keksalarining aytishlaricha, bir paytlar bu joylar dala maydonlari bo‘lgan. Qattiq momoqaldiroqdan keyin uchta ko‘ktosh paydo bo‘lib qolgan deb aytishadi.
Vaqtlar o‘tib dala yerlari aholiga uy-joy sifatida foydalanish uchun berilgan. Ko‘ktosh mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida yashovchi Salimboy otaning aytishlaricha, uchta aka –uka yashashlari uchun shu joyda hovli qilib uy qurishgan. Salimboy ota bir kuni tunda zarurat tufayli tashqariga chiqqanlarida, tosh ichidan go‘zal ayol ko‘ringan. Ayol labi qimirlamay gapirgan. Xuddi shu holat yillar o‘tib, shu xonadon keliniga ham ko‘ringan. Salimboy otaning o‘g‘illari Vahobjon ota hozir ham shu joyda yashaydi.
Ko‘ktosh mahallasining olma daraxti, jiydasi mashhur bo‘lgan. Jiydaning nonjiyda turi po‘sti yupqa bo‘lib, etli, danagi ingichka to‘rlama (yoki qandak, jiyda), totli, po‘sti etiga yopishgan, danagi o‘rta cho‘ziq, chilon jiydaning mevasi mayda, mazasi o‘rtacha shirin, danagi ingichka (ko‘pincha,tabobatda ishlatilgan), chilon jiyda ko‘proq yovvoyi holda cho‘llarda o‘sgan.
Bog‘ormos – mahallasi Bog‘i armas (sheva), ya'ni “Bog‘ tugamas, bog‘ arimas” yerga suqilgan narsa ko‘klamay qolmaydi ma'nosini anglatadi. Mahalla aholisi ariq, zovurlar atrofiga sel kelish havfini olish maqsadida turli-tuman ko‘chatlar ekaverishgan shuni natijasida ekilgan ko‘chatlar xatosiz ko‘karib, ko‘paygani bois shunday nomlangan. Mahalla yer maydoni 56,8 gektarni tashkil qiladi.
Tuman markazidan 10 kilometr masofada joylashgan . Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik. Mahalla shimoldan Varzigon, G‘ova janubdan Ko‘ktosh, g‘arbdan Laylak uya, Sharqdan Yutmos mahallalari bilan chegaradosh.
Yutmos- mahalliy aholi fikricha yotmas (shevada), ya'ni tinib-tinchimas, mehnatkash ma'nosini bildiradi. Mahalla 2013-yil 30 dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Mahalla tuman markazidan 8 km 100 metr masofada joylashgan.
Aholisi dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi.
Yurtmos mahallasida Muxirboy bobo (chaqqon qassob bo‘lgan), Yulduz buvaning bog‘laridagi olmalar juda mashhur bo‘lib, bu olmalarning vatani Namangan ekan. Qishloqda kimning bir parcha tomorqa yeri bo‘lsa, hovlisining sahnida uzum ekilgan bo‘lgan. Uzumning chilgi, oq chilgi, qora chilgi turlari, dumaloq, dili kabutar, oq kishmish, qora kishmish singari navlari serob bo‘lgan.
Yutmos mahallasi sharq tomondan Ko‘ktosh, kun botishdan Bog‘ormos, g‘arb tomondan Varzik va Varzigon mahallalari bilan chegaradosh. Hududi 62,2 gektar maydonni egallagan.
Laylakuya mahallasida 2005 yil eski masjid mavjud bo‘lib, u yerda bitta tut daraxti bo‘lgan. Daraxtda Laylak uyasi bo‘lganligi bois shunday nomlanadi tuman markazidan 8 km masofada joylashgan.
Aholisi bog‘dorchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Sharqdan karnon qishlog‘i, g‘arbdan Varzigon, shimoldan Ko‘ktosh va Bog‘ormos mahallalari hamda janubdan Ko‘ktosh, Bibiona bilan chegaradosh. Mahalla 98,6 gektar maydonni egallagan.
Karkidon nomi XV-XVI asrlardagi manbalarda keng miqyosda tilga olina boshlagan.
Manbalar
tahrir1. Topildiyev Nosirjon Raximjonovich XXI asrda Qo`qon xonligiva Rossiyaimperiyasi munosobatlari. – Toshkent, 2024.
2. Topildiyev Odiljon Raximjonovich Karkidon qishloq tarixi.- Namangan. 2025
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ Nalivkin V. P. Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva. – Kazan, 1886. 215 s.