Karpxoʻrlar, karp bitlari (Branchiera) — qisqichbaqasimonlar turkumi. Baliqlar va qisman amfibiyalar terisida yashaydi, qon bilan oziqlanadi (ektoparazit). Tanasi yassi, uch juft boshoyoqlari oʻzgarib, yopishish organiga aylangan. Tanasi 3 sm ga yaqin. 50 tacha turi maʼlum. Karp biti (Argulus foliaceus) baliqchilikka katta ziyon yetkazadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil