Karrali nisbatlar qonuni
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karrali nisbatlar qonuni — kimyoning asosiy qonunlaridan biri. Ikki element oʻzaro birikib, bir birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir necha elementning massa miqdoriga toʻgʻri keladigan ikkinchi element miqdori oʻzaro oddiy karrali sonlar nisbatida boʻladi; masalan, metan (CH4) tarkibida 75% uglerod va 25% vodorod boʻlib, unda 1 massa qism vodorodga 3 massa qism uglerod toʻgʻri keladi, yaʼni 3:1. Etilen (C2H4) tarkibida esa 85,71% uglerod va 14,29% vodorod bor; bu moddada 1 massa qism vodorodga 6 massa qism uglerod toʻgʻri keladi, yaʼni 6:1. Demak, bu birikmalardagi uglerod miqdorining vodorod miqdoriga nisbati 3:6 yoki 1:2 ga toʻgʻri keladi. Bu qonunni 1803-yilda ingliz kimyogari va fizigi John Dalton aniqlagan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |