Bosh menuni ochish

Kashmiriy tili - kashmiriylar tili. Hindistondagi Jammu va Kashmir shtati aholisining rasmiy tili. Hinderon tillarining dard guruhiga mansub. Kashmir vodiysida tarqalgan. Bu tilda 4 mln. kishi gaplashadi (1992). K.t.da asl kashmiri, kashtavari, poguli, siraji, rambani dialektlari mavjud. K.t.da 4 kelishik tizimi, 2 jins kategoriyasi bor; sintaksisi uchun gaplarning ergativ qurilishli boʻlishi harakterli. Hoz. yozuvi arab alifbosiga asoslangan. Adabiy til uchun Kashmir, Srinagar shaharlari dialekti asos boʻlgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Kashmiriy tili" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil