Kataklaz
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kataklaz (yun. kataklao — buzaman) — tektonik qarakatlar taʼsiri ostida togʻ jinslari tarkibidagi minerallarning deformatsiyasi va ezilishi. Asosan, tektonik yorilishlar yuzasi boʻylab va unga yaqin joylarda kuzatiladi. Bunda togʻ jinslarining strukturasi buziladi, mineral donachalarining oʻlcham va shakllari oʻzgaradi. K.da, odatda, mineral donachalarining ahamiyatli siljishlari yuz bermaydi. Shu sababli, jinsning strukturasi keskin oʻzgarsada, uning dastlabki teksturasi saqlanadi. Kimyoviy va mineralogik oʻzgarishlar boʻlmaydi yoki juda kam darajada namoyon boʻladi. Kuchsiz K. kristallning yupqa shlifini qutblangan yorugʻlikda kuzatib aniqlanadi, bunda "toʻlqin sunishi" kuzatiladi (ayniqsa, kvars kristallarida aniq namoyon boʻladi); kuchliroq K. xuddi shu sharoitlarda "mozaika soʻnishi"ga olib keladi. Kuchli K. alohida donachalarning maydalanishi ("granulyasiya") ga sabab boʻladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |